Siyosat

Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarga ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLiderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanganligiga eʼtibor qaratish tavsiya etildi.
TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida siyosiy partiyalarning saylovoldi jarayonlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ushbu muhim siyosiy jarayonda siyosiy partiyalarning qonun bilan kafolatlangan saylovoldi tadbirlarini amalga oshirishlarini taʼminlash bilan bogʻliq ayrim masalalar koʻrib chiqildi.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaktsinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Xususan, Komissiyaning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi siyosiy partiyalarning Oʻzbekiston prezidenti saylovi kampaniyasini yuqori saviyada xalqaro standartlarga mos ravishda oʻtkazish maqsadida saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishda ishtirokchilar oʻrtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda boʻlish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanganligiga eʼtibor qaratish tavsiya etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala