Iqtisod

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, taʼlim kreditlari oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot.
Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi. aʼlim krediti shartnomasi toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala