Toshkentda xalqaro musobaqalar g‘oliblariga 122 million so‘mgacha pul mukofotlari topshirildi

© Press-slujba NOU RUzV Tashkente nagradili shkolnikov, pobediteley mejdunarodnix olimpiad
V Tashkente nagradili shkolnikov, pobediteley mejdunarodnix olimpiad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 122 million so‘mgacha pul mukofotlari topshirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Kecha, eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarning g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. so‘m), o‘qituvchiga –150 baravarida (36,75 mln. so‘m).
Yangiliklar lentasi
0