Kolumnistlar

Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati

© AFP / SERGEI SUPINSKYUkrainskaya armiya
Ukrainskaya armiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Ukraina 24 avgust kuni oʻzining oʻttiz yillik mustaqilligini katta tantana, quruqlik va dengizdagi harbiy paradlar bilan nishonlaydi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Oʻttizdan ziyod mamlakatdan kelgan mehmonlar ukrain harbiy qurilishiga baho berishi mumkin.
Ukraina davlati va Ukraina armiyasini deyarli oʻttiz yilki Rossiya va Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi qilishga urinishmoqda. Ukraina davlatchiligi va harbiy qurilishning boshqa maʼnosi Gʻarb jamoasi koʻrmaydi, Kiyevni esa AQSH va NATOning geosiyosiy oʻyinlarida Rossiyaga qarshi qoʻgʻirchoq destruktiv rolini oʻynash toʻliq qoniqtiradi.
Ukraina Mustaqilligining 30 yilligiga asosan oʻz hududida va uchinchi dunyo mamlakatlarida politsiya, jazo berish operatsiyalari uchun moʻljallangan 255 minglik Qurolli kuchlari bilan yetib keldi.
Gʻarbning “Global Firepower ” harbiy qudrat reytingi Ukrainaga dunyodagi 25 oʻrinni bergan – Vyetnam va Tailand oʻrtasida, lekin voqelik Ukraina Qurolli kuchlarini (UQK) AQSH va NATOning izmidagi razryadga uloqtiradi.
Protestnыe aktsii v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat toʻntarishi sababi Yanukovich nigohida
UQKning koʻp yillik uzlukchiz Donbass konchilari bilan otishmalari, ukrain mutaxassislarining NATO harbiylari ustalaridan taʼlim olishi qoʻshinlarning oʻsib borayotgan qudrati va hatto mamlakatning alyansga qoʻshilishiga yaqinligi xom xayollarini keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga ukrain qurolli kuchlari samarali va jangovar qudratli harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-havo kuchlariga ega emas, quruqlikdagi qoʻshinlar esa qurollanish va shaxsiy tarkibning tayyorgarlik koʻrish darajasi boʻyicha xalqning norozilik namoyishlarini muvaffaqiyatsiz bostirishga urinishga yaraydi, xolos.
Oliy harbiy qoʻmondonlik qaror qabul qilish va strategik rejalashtirishda mustaqil emas – UQK Vashington va Bryussel nazorati ostida. NATO ukrain hududidan xalqaro mashgʻulotlar va alohida boʻlinmalarning Rossiya chegarasi yaqinida “ilgʻor boʻlishi” yoʻlidan faol foydalanmoqda, biroq Ukrainani aʼzolikka qabul qilishga shoshilishmayapti. Hatto aniq mezon yoki muhlatlarni belgilashmayapti.
Ukraina, 2014 yildan buyon urinib kelishiga qaramasdan, AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi maqomini olishdan ham uzoq.
Aftidan, “asosiy ittifoqchi” maqomi moliyaviy nafni vaʼda qiladi, Kiyevga dunyodagi eng qoʻrqinchli “Rossiya tahdididan” amerikacha himoyani kafolat beradi.
Protestnыe aktsii v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat toʻntarishi sababi Yanukovich nigohida
Ammo Afgʻonistonning yangi misoli (2012 yildan AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi) ishonchli ravishda isbotlaydiki, amerikaliklar va alyans, 300 ming kishilik milliy armiyani qurollantirish va tayyorlashnng gʻarbcha standartlari, katta pul – hech narsani kafolatlamaydi. Qoʻshma Shtatlar ittifoqdoshlarini ogʻir damlarda sotishga tayyor.
Chunonchi, 12 ukrain harbiy xizmatchilarini toliblar tomonidan Afgʻoniston poytaxti egallab olingandan keyin Kobuldagi bazalardan birida shoshilinch evakuatsiya vaqtida tashlab (unutib) ketib boʻlishdi. u yerda yana bir necha gruzin, bolgar va rumin harbiylari tashlab ketilgan.

Jangovar ojizlik

Ukraina Harbiy-havo kuchlari Sovet armiyamidan qolgan 42 ta qiruvchi va 34 ta zarba beruvchi vertolyotga ega. Uchuvchilarning tayyorgarlik darajasi va uchar qurilmalarning texnik tayyorligi ularga, masalan, Donbass osmonida paydo boʻlishga imkon bermaydi. Ukrain harbiy uchuvchilar jangovar tajribaga ega emas.
UQK quruqlikdagi qoʻshinlari parklarda sezilarli zihrli texnika va artilleriyaga ega: 2430 ta tank, 11 400 dan ziyod zihrli transportyor, 3000 ga yaqin oʻziyurar va shatakchi artilleriya qurilmalari, 550 ta zalp bilan otadigan reaktiv tizim.
Bu texnikalarning aksariyati oʻtgan asrniki va ularni ukrain korxonalarida modernizatsiya qilishga urinishmoqda.
Ukraina mudofaa qudratining eng zaif boʻgʻini – Harbiy-dengiz kuchlari – oʻntacha patrul va artilleriya kater, “jajji flot”dan tashkil topgan. Xorijlik suzish vositalari deyarli qurolsiz holatda yotibdi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Kolumnistlar
Ukraina endi jim boʻladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
Shu bilan birga ayrim ekspertlar aytishyapdiki: “Oʻlik narsaning oʻlishi mumkin emas”, “chivin chaqishlar”, diversiya, provokatsiya va janjallar uchun katerlar yaraydi. Asosiysi, harbiy-dngiz “antikvariat” uni albatta tutib oladigan yoki “yomon ruslar” choʻktirib yuboradigan yerlarga yetib borishida.
Ehtimol, bundan keyin Yevropa “Shimoliy oqim-2”ni oʻchirib qoʻyadi va “tajovuzkor mamlakat” ustidan “zafar” quchiladi. Taʼkidlash joizki, Qora dengizdagi Rossiyaning faqat bitta “Moskva” raketa kreyseri bir zalp bilan butun Ukraina harbiy-dengiz kuchlarini choʻktirib yuborishi mumkin, NATo flotini ham uning ortidan ravona qilishi mumkin. Qora dengizda Rossiyaning harbiy-dengiz ustuvorligi ravshan va shubhaga hojat yoʻq.
Bu yerda shuni taʼkidlash kerakki, Ukrainadagi sovet harbiy-dengiz merosi sotib boʻlingan yoki 2014 yilgacha “oʻldirilgan”.
Ukrainaning ochiq-oydin harbiy ojizligi koʻrinib turganda Oliy Rada 2014 yil dekabrida davlatning blokdan tashqari maqomidan voz kechib, ikki qonunga oʻzgartirish kiritdi. 2019 yilda esa ukrain parlamenti mamlakatning NATO sari borishini konstituttsion ravishda maʼqulladi. Mustaqil Ukraina alyansning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega oltinchi hamkor davlatga aylandi.

Hammasi sotuvga qoʻyilgan

Ukraina SSSRdan meros sifatida yaxshi qoʻshnilar hamda milliy mudofaa qurilishi uchun boshlangʻich imkoniyatlarni oldi: 980 ming nafargacha harbiy xizmatchilar, 10 mingta zirhli transportyor va BMP, 20 mingta turli artilleriya tizimlari, 1100 dan ziyod jangovar samolyot va 400 ta vertolyot, 350 tagacha Qora dengiz flotining kemalari.
14 ta motooʻqchi diviziyasi, toʻrtta tank va uchta artilleriya diviziyasi, bitta maxsus boʻlinma brigadasi, sakkizta artilleriya brigadasi, alohida armiya va toʻqqizta PVO brigadasi, uchta havo armiyasi, yettita vertolyot polki. Bari qurib boʻlingandi, asosiysi – yoʻqotmaslik.
Ukrainskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Analitika
“Qoʻrqinchli stsenariy bor”: Gʻarb nega Ukrainaga qoʻshin tortib kelmoqda
Avvaliga UQK soni besh baravarga qisqardi. Milliy armiyada xizmatni oʻtashga xohish bildirganlardan 1990 yillar boshilarida Rossiya bilan jang qilishga tayyorliklari haqida soʻrashgan (UQKni “ishonchsiz” zobitlardan tozalashgan).
Mustaqillikning birinchi oʻn yilligida Kiyev sovet qurollarini Osiyo va Afrika mamlakatlariga pulladi. Natijada aviatsiya, raketa qoʻshinlarini toʻliq qoʻldan boy berishga bir bahya qoldi.
2005 yilda Ukraina qurol-yaroq eksporti boʻyicha dunyo yetakchilaridan biri boʻldi. Ukrainaning minglarcha jangovar texnikasi izsiz yoʻqoldi va Stokgolm dunyo muammolarini oʻrganish instituti va Strategik tadqiqotlar xalqaro institutining hisobotlaridan oʻrin olmadi.
UQK 2010 yilga kelib tanklarning uchdan ikki qismi, zihrli mashinalar va artilleriya tizimining yarmini yoʻqotdi. Pullar qayoqqa ketdi – maʼlum emas. Ukraina 1991 yildan 2015 yilgacha 75 ta Saxon zirhli mashinalari, sakkizta Spartan bronevik va qurib bitkazilmagan korvet 58250 loyihasi uchun qurollanishga ega boʻldi, xolos.
2014 yilgi galdagi “maydanni” Ukraina safdagi 700 ta tank va saqlash bazalaridagi 1445 ta tank, 2189 ta jangovar mashina, 1421 ta artilleriya tizimi, 206 ta vertolyot va 326 ta samolyot bilan kutib oldi.
Keyin Donbassda UQK 300 ta tank, zirhli mashinalarning yarmidan koʻpa, artilleriya tizimlarining deyarli 50 foizini yoʻqotdi. Bu faqat rasmiy maʼlumotlar. International Institute for Strategic Studies Military Balance tahliliy agentlik maʼlumotlariga koʻra, yoʻqotishdan bundan juda koʻp.
Oʻttiz yillik sust ketayotgan harbiy-siyosiy falokatni mustaqil Ukrainaga qarshi “Rossiya agressiyasi” bilan tushuntirishning imkoni yoʻq. Zotan bu davlatchilik inqirozi.
Ukrain mudofaa-sanoat majmuasining darajasidan toʻliq yoʻq qilingan harbiy kemasozlik dalolat beradi. Sovet davri vaqtida Nikolay zavodida muntazam aviatashuvchi kreyserlar qurilardi. Artilleriya tizimlari, vertolyotlar, qiruvchilar, hujumchi samolyot, PVO tizimlari va aloqa bilan bogʻliq muammolar hal qilinmayapti.
Ukraina jangovar samolyotlarni “minib ado qilmoqda”, kelajakda esa faqat NATO mamlakatlarining “sekon xendida” uchishni niyat qilmoqda. Mustaqil Ukrainaning harbiy sanoati hatto sovetcha oʻqotar qurol oʻqlarini ishlab chiqishni oʻrgana olmadi, yangi jiddiy ishlamalar haqida gapirishga yoʻl boʻlsin.
Amerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSH Ukrainaga yangi qurol beradi
NATO investitsiyalari yomgʻir yogʻdira olmaydi. 2014 yildan soʻng bir necha yil Ukraina yashirincha va maxfiy ravishda xorijiy hamkorlaridan “UQKni mustahkamlash uchun” bir dunyo qurol va milliard dollarlar oldi. Qurollar qandaydir Ukrainani tranzit bilan chetlab oʻtdi, savdo-sotiqning eski sxemasiga koʻra Osiyo va Afrika mamlakatlarida yangi egalarini topdi. Naqd pullar gum boʻldi.
Kiyev rahbariyatining 2021 yil 24 avgust kuni “mutlaqo yangi armiya” tuzilgani haqidagi ehtimoliy bayramona bayonotlari raqamlar yoki faktlar bilan isbotlanmaydi. Shodiyona “Yevropani Rossiya agressiyasidan himoya qilish” haqidagi shomonlik qilish galdagi kulguga sabab boʻladi – UQK “har qanday tajovuzkorga qarshi turishga” qodir emas. Eng asosiysi esa bunday xalqqa qarshi va antirus armiyada xizmat qilishni xohlovchi Ukraina fuqarolari kamaygandan kamayib bormoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala