Jamiyat

Yigirma birinchi avgust kuni umumxalq hashari boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJenщina podmetayet ulitsu
Jenщina podmetayet ulitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Hukumat farmoyishi bilan 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. 21 avgust kuni umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari boʻlib oʻtadi. Bu borada Hukumat farmoyishi qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xayriya hashari “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida oʻtkazilishini maʼlum qildi.
Ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, koʻp qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, koʻcha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironli mavjud fuqarolar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala