Kolumnistlar

Afgʻoniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishBoyeviki dvijeniya "Taliban" (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Islom respublikasi hukumat kuchlari ustidan qozonilgan harbiy gʻalabadan soʻng, Afgʻonistonning qariyb butun hududi va hokimiyatini egallab olgan toliblar tashqi siyosiy frontda oʻzlarini toʻlaligicha demokratik harakat sifatida koʻrsatishga urinmoqda.
Masalan, ular ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga taklif etmoqda.
Mamlakat ichkarisida esa taslim boʻlmagan Panjsherda janglarni davom ettirib, boshqa provintsiyalardagi "norozi" boʻlgan tinch aholini (jumladan, paranjisiz ayollarni ham) oʻqqa tutmoqda.
V poiskax Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Infografika
Ashraf Gʻani qayerda?
"Tolibon"* jangarilari 18 -avgust kuni Nangarxor provintsiyasida milliy bayroqni qoʻllab -quvvatlagan namoyishchilarga qarata oʻt ochdi, qurbonlar va yaradorlar bor. Tojikistonga tutash Taxor provintsiyasida toliblar koʻchaga paranjisiz chiqqan ayolni otib oʻldirishdi. Shu bilan birga, oʻz-oʻzini tayinlagan hukumat aholidan qurol va boyepripaslarni topshirishni talab qilmoqda. Bunday faktlar va mamlakatdagi barqarorlik bir-biriga mos kelmasligi shubhasiz.
Toliblar shuningdek, qistov bilan amerikaliklarni shoshiltirmoqda - Doxadagi bitim boʻyicha qoʻshinlarni evakuatsiya qilish muddatlari buzilayotganini mudom eslatib turmoqda. Hatto sal oldin Qobul xalqaro aeroportini qoʻriqlash rejasini qatʼiylik bilan ilgari surgan Turkiya ham u yerda harbiy mavjudlikni saqlab qolish istagidan voz kechdi.
"Tolibon"* terroristik harakati rahbari mulla Abdul Gʻani Barodar (20 yil Afgʻoniston tashqarisida yashagandan soʻng) tantanali ravishda Qatardan Qandahorga qaytdi, ammo rasman "amir" lavozimiga kirishgani yoʻq. Yangi hukumatni shakllantirish texnologiyasi mutlaqo tushunarsiz. Koinotdagi yaqin va uzoq qoʻshnilarning islom amirligi davlatchilik tuzilmasi sifatida mutlaqo maqbul emasligi haqidagi barcha eʼtirozlarini toliblar eshitmaganga olib kelishmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Avvalroq, Islom Respublikasi vitse-prezidenti Amrulla Salex, davlat rahbari qochib ketganidan keyin, toliblardan holi boʻlgan Panjsher darasida prezident vazifasini bajarishga kirishganini aytgan edi. U yerda hukumat qoʻshinlari va koʻngilli askarlarga milliy qahramon Ahmadshoh Maʼsudning oʻgʻli kichik-Ahmad Maʼsud qoʻmondonlik qilmoqda. Shimoldan marshal Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi Afgʻoniston armiyasining 10 ming nafar harbiy xizmatchilari Panjsher tomon yoʻl olgan.
Kichik-Maʼsud barcha afgʻonlarni toliblarga qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilishga chorladi. Janglar faqatgina Panjsher darasida kechayotgan emas, Parvon provintsiyasiga tutash boʻlgan Chorikor tumani ham toliblardan ozod boʻldi.
Gʻaroyib va tushunarsiz
Toliblarning Afgʻonistonda narkotiklarni ishlab chiqarishni toʻxtatish, yangi iqtisodiyotni yaratish, xususiy uylardagi vatandoshlarni bezovta qilmaslik va ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga ishga qabul qilish haqidagi vaʼdalari paradoksaldir.
Faqat narkobiznes barqaror daromad keltiradi va stabil tushumni kafolatlaydi. Mamlakatga xalqaro moliyaviy yordam berilishi muzlatib qoʻyilgan. AQSH toliblarga sanktsiyalar bilan tahdid qilmoqda. Qishloq xoʻjaligi va sanoat tanazzul yoqasiga kelib qolgan. Oʻnlab Gʻarb mamlakatlarining yordami oldin ham qumga tushgan suv kabi yoʻq boʻlib ketgan. Yevropa ittifoqining gumanitar falokatning oldini olish uchun toliblar bilan muloqot oʻtkazish niyati (harakatning legitimligini tan olmasdan) haqiqatdan yiroq, chunki deyarli barcha Gʻarb davlatlari oʻz elchixonalarini Qobuldan evakuatsiya qilgan.
Kak vыglyadit Afganistan pri talibax
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Video
Tolibon* hokimiyat tepasiga kelgandan keyin Afgʻonistondagi vaziyat - video
Pentagon 22 ming nafargacha amerikaparast afgʻonlarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Qolgan 40 million oddiy fuqaro taqdiri ne kechadi - nomaʼlum. Biroq, Afgʻonistonning BMTdagi doimiy vakili Gʻulom Isakzay Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida toliblar uylarda tintuv oʻtkazib, harbiy xizmatchilarni ommaviy qatl qilayotganliklari haqida gapirdi. Sal vaqt oʻtib, "Tolibon"* aholi yashash punktlarida politsiya funktsiyalarini yoʻlga qoʻyadi va shunda oʻz qoidalariga koʻra, istalgan joyda va vaqtda oʻz vatandoshlarini ancha samarali "bezovta qilishi" mumkin. Albatta, darra urish, "toshboʻron qilish" yoki "boshdan judo qilish" ishlarni faqat shariat sudi qarori bilan amalga oshiradilar.
Afgʻon ayollariga toʻrtta devor orasida butunlay izolyatsiya boʻlib qolish xavfi chang solmayotgan boʻlsada, lekin toliblar ularning koʻchada paranjisiz paydo boʻlishlarini oldini olishadi - bu ishlar ancha shafqatsiz tus olishi ehtimoldan holi emas. Afgʻoniston ayollari uchun noanʼanaviy boʻlgan ushbu yengil sanoat mahsuloti narxi birdaniga bir necha barobar qimmatlashib ketgani ham bejizdan emas.
Bunda "Tolibon"* muammoning faqat bir qismi ekanligini unutmaslik kerak. Afgʻoniston hududida oʻnlab boshqa terrorchilik tashkilotlari faoliyat yuritadi, ularning eng mashhurlari "ID"*, "Jabhat an-Nusra"*, "Turkiston islomiy harakati"*dir. Ularning dasturlari va metodlari radikallikda toliblarnikidan qolishmaydi, AQSH va NATO kuchlari olib chiqilgandan keyin esa ularning Afgʻonistondagi oʻrnashuvi hech narsadan havotir olmasa boʻladigan tus oldi.
Yangi aʼzolarni yollash, ular safini kengaytirish, mafkura va kuch proyektsiyasini shimolga - Markaziy Osiyo mamlakatlari tarqatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Majohedning "Hech kimga bizning hududimizdan uchinchi davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat berilmaydi", degan bayonoti, bu shunchaki quruq gap, "Al-Qoida" bilan hamkorliklari esa - koʻp yillik tajribadir. Ularning bu singari hamkorlikdan verbal boʻlsa-da voz kechganliklarini biz mutlaqo guvohi boʻlmadik.
Rossiya koʻmagi
Qobulning toliblar tomonidan egallanishi (harbiy toʻntarish) butun mintaqaviy xavfsizlik tizimini xavf ostiga qoʻyadi, afgʻon voqealarining oqibatlarini oldindan aytish qiyin. Vaqti -vaqti bilan Rossiya TIV va Rossiya Mudofaa vazirligi "muz va olov" turkumidagi bayonotlar bilan chiqish qilmoqda, biroq Moskva yaqin orada "Tolibon"* bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatmoqchi emas. Toliblar oxirgi marta hokimiyat tepasiga kelganida ham, faqat BAA ularni tan olishga shoshilgan edi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Germaniyaga Afgʻonistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda
Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va Afgʻoniston yaqinida qator mushtarak harbiy mashgʻulotlarni oʻtkazmoqda. Chegara oldi poligonlarida dushman ortida strategik obʼyektlarni yoʻq qilishga moʻljallangan uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari zarba berishni mashq qilmoqda - bu toliblarga Markaziy Osiyo chegaralaridan uzoqroq yurish uchun ogohlantirishdir.
Moskva Tojikistonda 201-RVB arsenalini sezilarli darajada oshirdi - boʻlinmalar uzoq masofali ognemyotlar, eng yangi Kalashnikov AK-12 avtomatlari, Yarigin toʻpponchalari, ASVK-M zamonaviy yirik kalibrli snayper miltiqlari va "Verba" koʻchiriladigan zenit raketa majmualarini qabul qilib olishdi (hozir toliblar aviatsiyaga ega). ga tegishli aviatsiya bor). Rossiyaning bu saʼy -harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng koʻlamli tahdidlarni zararsizlantirishga qaratilgan.
Rossiyaning bu saʼyi-harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng koʻlamli tahdidlarni neytrallashga qaratilgan.
* RFda taʼqiqlangan terrorchi harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala