Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAmudarya s visoti
Amudarya s visoti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda hokimiyat Tolibon*ga o‘tgach, mamlakatning minglab fuqarolari zo‘rovonlik va o‘limdan qo‘rqib qo‘shni respublikalarga qochishga urinmoqda. Hatto tabiiy to‘siqlar ham ularni to‘xtatmayapti.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Bir necha afg‘onistonlik besh litrli plastik butilkalar yordamida Amudaryo orqali respublikaga suzib o‘tishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston manbasi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday usul o‘tgan asrning boshidan buyon ma’lum bo‘lgan, u vaqtlarda shishirilgan qo‘y terilari (mesh) qo‘lbola sol sifatida ishlatilgan.
Situatsiya na granitse Uzbekistana i Afganistana v rayone goroda Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
O‘zbekiston hududida bir necha yuz afg‘on qochoqlarini joylashtirdi – manba
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan qoidabuzarlar daryo bo‘ylab ancha masofani suzib o‘tishgan va Tojikiston hududi yaqinidagi chegarani kesib o‘tishga harakat qilishgan.
"Chegarachilar ularni qo‘lga olib, Do‘stlik ko‘prigi yaqinidagi chodirli lagerga jo‘natishdi", - dedi manba.
Avvalroq 150 nafarga yaqin qochoq O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi vaqtinchalik lagerga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatga samolyot bilan kelgan yana bir necha yuz afg‘on harbiy xizmatchisi mahalliy o‘quv poligoni hududiga joylashtirildi.
Shu bilan birga, Toshkent Afg‘onistondan xorijiy fuqarolarni tashkillashtirilgan holda evakuatsiya qilish uchun o‘z aeroportini taqdim etdi. Xususan, O‘zbekiston poytaxti orqali tranzit reyslar Germaniya samolyotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, bu samolyotlarda kelgan Afg‘oniston fuqarolari aeroport tranzit zonasidan chiqmaydi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0