Siyosat

Chegara, yangi 10 ming soʻmlik va sport: Senat 18-yalpi majlisida qanday masalalar koʻtariladi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta UzbekistanaZasedaniye Senata Oliy Majlisa
Zasedaniye Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Yigʻilishda Tashqi ishlar vazirining 2021 yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi.
TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Videokonferentsaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Jamiyat
"Gender tenglik - 2030" strategiyasi qabul qilindi - Tanzila Narbayeva
"Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish koʻzda tutilgan.
Izmeneniye granits Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Infografika
Toshkent va Toshkent viloyati chegaralari qanday oʻzgaradi
Tashqi ishlar vazirining 2021 yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi.
Shu bilan bir qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi "Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2020 yildagi va 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga doir hisobotini eshitish hamda prezidentning “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash, Oliy sud tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqilishi ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, Kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi koʻrinishdagi 5 000 (besh ming) soʻmlik va 10 000 (oʻn ming) coʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala