Analitika

Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap

© AFP / VASILY MAXIMOVKrыmskiy poluostrov na karte
Krыmskiy poluostrov na karte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
24 avgust kuni Ukrainada mustaqillikning 30 yilligi nishonlanadi. Bir kun avval, 23 avgust kuni, Kiyevda “Qrim platformasi” sammiti boʻlib oʻtadi, unda Qrimni Rossiyaga qaytarish masalasi muhokama qilinadi.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Bu sammitdan siyosiy naf bormi va nega uchrashuvga Rossiyani taklif qilishmadi – siyosatshunos va publitsist, sobiq Ukrainaning toʻrt prezidentining maslahatchisi, Ukraina Oliy radasining V chaqiruv deputati Dmitriy VidrinSputnik agentligiga bergan intrevyusida bu borada mulohaza bildirdi.

Mazmunsiz sammit

“Qrim platformasi” – bu shirin soʻzlar va deklaratsiyalar toʻplami, deb hisoblaydi Sputnik suhbatdoshi.
“Yoshlik paytlarimda platformadagi poyabzallar juda mashhur edi – chiroyli, biroq noqulay. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy birinchi navbatda tadbirning goʻzalligiga eʼtibor qilgan. Bu sammitning mazmuni yoʻq”, - deydi Dmitriy Vidrin.
Ekspertning soʻzlariga koʻra, uch turdagi sammit mavjud: ishtirokchilar bilim, texnologiyalar bilan boyiydigan uchrashuvlar; muammo qaynoq kartoshka kabi bir ishtirokchidan boshqasiga otiladigan uchrashuvlar.
Yana muammo hal boʻlingani haqida xomxayolni yuzaga keltiradigan uchrashuvlar, keyin esa kartoshkani bir-biriga otish bilan yakunlanadi. “Qrim platformasi”, siyosatshunosning fikricha, oxirgi ikki turga kiradi.
“Bu sammitda moddiy yoki ruhiy, maʼnaviy resurslar bilan oʻrtoqlashishga tayyor boʻlgan ishtirokchilar yoʻq. Hech kim baham koʻrmaydi, biroq muammoni bir-biriga otadi. Shu bois sammit – chiroyli quruq gap. Mazmun boʻlmasa, demak, shakl quruqdir”, - deb hisoblaydi Vidrin.

Jinlar bazmi yoki karnaval

Ukraina TIV rahabri Dmitriy Kuleva avvalroq Kiyevga 44 ta mamlakat va xalqaro tashkilotlar “Qrim platformasi” asoschilari sifatida qoʻshilishga qaror qilishganinini maʼlum qilgandi. Ammo taklif qilingan davlatlar roʻyxatida Rossiya yoʻq.
Dmitriy Vidrinning fikriga koʻra, Rossiya ishtirok etgan taqdirda uchrashuv shaklini oʻzgartirishga toʻgʻri kelardi.
Ukrainskiye natsionalistы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Analitika
Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi
“Ishga pul tikadigan mamlakatlar bor, yana soʻzga pul tikadiganlar bor. “Shimoliy oqim”, qandaydir ogʻir muammolar haqidagi gapiradigan Rossiyani chaqirishdan koʻrqishgan. Bu yerda esa soʻzlar, vaʼdalar boy boʻladigan uchrashuv boʻladi”, - deya tushuntiradi siyosatshunos.
Rossiya TIV Sergey Lavrov Ukraina tashabbusi bilan tashkil etilayotgani uchrashuvga munosabat bildirib, uni “Gʻarb hozirgi ukrain hukumatining neonatsist va irqiy kayfiyatini tarbiyalashda davom etadigan jinlar bazmi” deb atagandi.
Sputnik agentligi suhbatdoshi ham sammitni karnavalga qiyosladi.

Nafratga pul tikish

Rossiya-Ukraina munosabatlarining boshqa shaklini oʻrnatishga urinish dixotomiyaga olib keladi, deb hisoblaydi Vidrin.
“Rossiya ulkan geosiyosiy massa sifatida unga tarix, lingvistika, genotip jihatdan qardosh boʻlgan boshqa massalarga oʻziga tortadi. Lekin mana shunday ulkan tortish tahdidi tufayli bu tortishga qarshilik koʻrsatishni izlayotgan mamlakatlar bor. Ular mamlakatlar oʻrtasida nafratni sepishdan boshqa yaxshiroq narsani hozircha topishmagan. Nafrat qanchalik katta boʻlsa, shunchalik, ular fikriga koʻra, imkoniyat kamroq. Bu ulkan massa: ijtimoiy, madaniy, makon va resurs, - ularni oʻziga tortadi. Shuning uchun nafratga pul tikishdan boshqa chora qolmaydi. Nafrat keragidan ortiq boʻladi. Ularning boshqa vositasi yoʻq”, - deya fikr bildiradi siyosatshunos.
Afganskiye jenщinы jdut razdachi besplatnoy pshenitsы v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Siyosat
Ukrainani Afgʻonistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Ekspert Ukraina yuzaga muammolarni harbiy yoʻl bilan hal qilmaydi deb hisoblaydi.
“Urush – bu katta ish, xarajat va qon. Ukraina xatardan iborat hech qanday ishga jazm qilmaydigan tantiq mamlakatlar sirasiga kiradi. Tahdidlar boʻladi, kimdir musht oʻqtaladi, lekin urush boʻlmaydi”, - deya taxmin qiladi Vidrin.
Uning soʻzlariga koʻra, “koʻp mamlakatlar uchun nafrat, oʻzlarining aytishicha, mustaqillikni saqlab qolishdagi urinishlarda soʻnggi umid qolgan xasdir, aslida esa ular ehtiyojlariga koʻra sarflaydigan, buyruq beradigan va oʻmaradigan oʻz otameroslarini saqlab qolishga urinishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala