Migratsiya

Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
"Kuzminki" metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant "deport" qilindi.
TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. "Kuzminki" metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 46 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilindi, deb xabar qildi Moskva politsiyasi matbuot xizmati boshligʻi Vladimir Vasenin.
Yaqin kunlarda yana 41 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi.
Ichki ishlar vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, sud qarori bilan 87 kishi Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi Bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 sutka muddatga joylashtirildi.
Moskvadagi Xovan qabristonida roʻy bergan ommaviy mushtlashuv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Hodisalar
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi
Ularga nisbatan Rossiyaga kirishga ruxsat bermaslik va mamlakat hududida boʻlish muddatini qisqartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Sakkiz nafar migrantga nisbatan "bezorilik" moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz, 13 iyul kuni “Kuzminki” metro stantsiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200-400 nafar migrant ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala