O‘zbek shifokorlari ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil amalga oshirishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda kamida yiliga 40-50 nafar o‘zbekistonliklar jigar transplantatsiyasi uchun xorij davlatlariga borishmoqda.
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasini ilk bor mustaqil ravishda amalga oshirishdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Bunga qadar o‘zbek-rus va o‘zbek-hind qo‘shma jarrohlari 8 ta ortotopik jigar transplantatsiyasini o‘tkazishgan.
V Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2018
O‘zbekistonda ilk marta jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazildi
10 soatdan ortiq vaqt davom etgan operatsiyada Buxoro viloyatining Romitan tumanidan kelgan jigar sirrozi bilan xastalangan bemor — 38 yoshli Azima Roziqovaga 42 yoshli akasi Bekmurod Roziqovning jigaridan bir bo‘lak ko‘chirib o‘tkazildi.
Hozirda bemorlarning ahvoli yaxshi, donor palataga olingan.
"Bugungi kunda kamida yiliga 40-50 nafar o‘zbekistonliklar jigar transplantatsiyasi uchun xorij davlatlariga borishmoqda. Lekin hammaning ham bunga imkoni yo‘q. Shuning uchun ilk marta mustaqil jigar transplantatsiyasini amalga oshirdik. Aminmiz, ikki bemorimiz ham to‘liq sog‘ayib ketadi. Yaqin kunlarda yana bitta jigar transplantatsiyasi amaliyotini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bir so‘z bilan aytganda, bu hali boshlanishi. Kelajakda jigar transplantatsiyasini kundalik operatsiyalar qatoriga qo‘shib, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarimiz dardiga darmon bo‘lish niyatidamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda jigar transplantatsiyasi dasturini rivojlantirishning yangi bosqichi Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiyaning akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sun’iy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazi o‘rtasida memorandum imzolanishi bilan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0