Jamiyat

Oʻzbekiston 3 pogʻonali pensiya tizimiga oʻtishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Oʻzbekiston ham jahon standartlariga asosan uch pogʻonali pensiyaga oʻtishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Oʻzbekiston 3 pogʻonali pensiya tizimiga oʻtishni rejalashtirmoqda. Bu haqdaPensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Farrux Pardayev AOKAdagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Pardayevning soʻzlariga koʻra, 2030 yilgacha jamgʻarmaga pensiya tizimini isloh qilish kontseptsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu kontseptsiyada uch pogʻonali pensiya tizimi tashkil etish koʻzda tutilgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Iqtisod
Sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Qayd etilishicha, birinchi pogʻona kafolatlangan pensiya, yaʼni talab qilingan stajga ega boʻlganlarda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya hisoblanadi. Ikkinchisi — sugʻurtalangan pensiya. Unda ish staji va ish haqiga mutanosib ravishda belgilanadi. Uchinchisi esa jamgʻarib boriladigan pensiya, yaʼni har kim oʻzining jamgʻarib borgan hissasiga qarab olinadi.
Pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi uch pogʻonali pensiya tizimi jahon va MDH davlatlarida hayotga tatbiq etilganini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala