Jamiyat

Oʻzbekistonda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirildi

CC0 / Michał Parzuchowski / UnsplashRebenok na krayu skami
Rebenok na krayu skami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi bolalar oliy taʼlim muassasasi yoki akademik litseyga kiradigan boʻlsa, ularning boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi 23 yoshgacha uzaytiriladi.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirildi. Bu haqda AOKAda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytildi.
Pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Farrux Pardayevning maʼlum qilishicha, bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi bolalar oliy taʼlim muassasasi yoki akademik litseyga kiradigan boʻlsa, ularning boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi 23 yoshgacha uzaytiriladi.
Kuni kecha sentyabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezidentning tegishli Farmoniga koʻra, 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala