Jamiyat

Oʻzbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sugʻurta mavjud

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtish Veterinar derjit v rukax shprits s preparatom "Karnivak-Kov" ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve
 Veterinar derjit v rukax shprits s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Sugʻurta polisi uchun toʻlov 5 va10 ming soʻm boʻlib, bunda sugʻurta javobgarligi 25 va 50 mln soʻmni tashkil etadi.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik.Oʻzbekistonda vaktsinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sugʻurta xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifing davomida “Oʻzagrosugʻurta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov maʼlum qildi.
“Soʻnggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaktsinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan boʻlib, vaktsina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yoʻqotishi yoki vafot etish holatlaridan sugʻurta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” – dedi u.
Maʼlum qilinishicha, sugʻurta polisi uchun toʻlov 5 va10 ming soʻm boʻlib, bunda sugʻurta javobgarligi 25 va 50 mln soʻmni tashkil etadi.
Sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaktsina olish jarayoni bilan bogʻliq maʼlumotlar talab etiladi.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaktsinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Oʻzbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaktsinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala