Jamiyat

Oʻzbekistonda Xalqaro hojatxonalar sammiti oʻtkazilishi taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBiotualet v Tashkente
Biotualet v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
World Toilet Organization - WTO (Butunjahon hojatxona tashkiloti) bosh kotibi va asoschisi bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda Xalqaro hojatxonalar sammiti oʻtkazilishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston Turizm va sport vazirligi vakillarining World Toilet Organization - WTO (Butunjahon hojatxona tashkiloti) bosh kotibi va asoschisi Jek Lim hamda Xalqaro loyihalar boshqaruvchisi Sarika Saluja oʻrtasidagi onlayn uchrashuvda maʼlum qilindi.
Uchrashuvda sanitariya va gigiyena sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va shu kunga qadar Oʻzbekistonda qilingan loyihalar holati bilan tanishtirish maqsadida taqdimot oʻtkazildi.
Jek Lim Xitoy va Hindistonda xorijiy turizm rivojlanishi arafasida Hojatxona inqilobi milliy hukumat dasturini tashkil etish haqida batafsil maʼlumot bergan. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar, avvalo, mahalliy aholi uchun, keyingi navbatda esa xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, mamlakat haqida ijobiy fikrni shakllantirishga katta eʼtibor qaratgan.
Uchrashuv yakunida vazirlik masʼullari mazkur tashkilot yetakchi ekspertlarini soha boʻyicha tegishli fikrlar almashish va tashkilotning 2021 yildagi xalqaro sammitini oʻtkazish masalasini muhokama qilish maqsadida mamlakatga taklif qilgan.
World Toilet Organization 2001 yilning 17 noyabrida Singapurda tashkil etilgan boʻlib, dunyo boʻylab tozalik va sanitariya normalarini ishlab chiqish, hojatxonalar uchun talablar, yangi texnologiyalar tatbiq etish, ularning jamiyat salomatligi va atrof-muhitga taʼsirini oʻrganish kabi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi.
Biotualet v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2019
Jamiyat
Toshkentda 61 ta zamonaviy hojatxona quriladi
Koʻplab mamlakatlarda milliy loyihalarni shakllantirish, jamiyatda hojatxona mavzusiga boʻlgan eʼtiborsizlikka qarshi kurashish va milliy dasturlarni xorijda targʻib qilish ushbu nufuzli tashkilotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala