Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi

© AFP 2023 / GENYA SAVILOVUkrainskie natsionalisti
Ukrainskie natsionalisti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina o‘z Mustaqilligining 30-yilligini nishonlashga tayyorlanmoqda. 1991-yil 24-avgust kuni mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Nega Ukraina “nezalejnosti”ning (mutaqilligi) yakunlari millatchilikning gullab-yashnashi bo‘ldi, davlat darajasida rusiyzabon aholining huquqlari qanday poymol qilinmoqda va radikallar qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda – Sputnik materiali bu haqda.

Inqiroz konsepsiyasi

O‘ttiz yil ichida Ukraina davlat sifatida shakllanmadi, deydi RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va mediabiznes departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan.
Buning sababi – davlat tuzishning eng nomuvofiq shakli, Rossiyaga har narsada qarshi chiqishga mo‘ljallangan “Ukraina – Rossiya emas” sun’iy konsepsiyasi.
Afganskie jenshini jdut razdachi besplatnoy pshenisi v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng faqat beshta sobiq respublika ular egallagan chegaralar doirasida katta davlatchilik tarixiga ega edi: Rossiya, Armaniston, Gruziya, Litva va Moldova, deb tushuntiradi Mirzayan.
“Fuqaroviy millat sharoitida belorus va qozoqlar singari davlatchilikni barpo etish mumkin edi, chunki ular ularning hududlarida turli millat, din va tilga mansub kishilar yashashini yaxshi bilishardi. Ukrainlar ko‘p millatli davlat tuzish o‘rniga “Rossiya bo‘lmagan”, o‘zining rus emasligini maksimal namoyish etishi shart bo‘lgan davlatni barpo eta boshlashdi”, - deydi ekspert.
Siyosatshunos tegishli ravishda Ukraina xalqaro munosabatlarning alohida subyeti sifatida mavjud bo‘lgan tarix yozilganiga e’tibor qaratadi. Natijada bu ukrain jamiyatini rusiyzabon va rusiyzabon bo‘lmaganlarga ajratgan, xolos.
“Maydandan keyin Ukraina hukumati bu noto‘g‘ri siyosatni qizdirdi, xolos. Ular endi “Rossiyani emas”, Vladimir Putin mutlaqo to‘g‘ri ta’kidlagandek, “Antirossiyani” barpo eta boshlashgan. Ya’ni o‘zining rusligini inkor etayotgan shunchalik davlatni esa, balki rus bo‘lgan barcha narsaga qarshi chiqayotgan va janjallashayotgan. Buni “Rossiya bo‘lmagan” siyosat evolyutsiyasining mantiqli davomi deyish mumkin”, - deya xulosa qiladi Mirzayan.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Uning fikricha, bunday siyosat natijasi ko‘rinib turibdi: “Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Yevropa eshigi oldida turgan bir paytda”, mamlakatda deindustrializatsiya, depopulyatsiya, fuqarolar urushi, uzluksiz iqtisodiy inqirozi ro‘y bermoqda.

Ruslar genotsidi

Ukraina davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyada shunday bob bor, unda Ukraina SSR qonun oldida barcha fuqarolarning millati, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, turar joyi va hokazolardan qat’i nazar barobarligini ta’minlashi aytilgan.
Ammo voqelikda bu butunlay yoddan ko‘tarildi, deydi Donbass Kinematogroflar ittifoqi raisi Roman Razum.
“Rusiyzabon aholining huquqlari poymol qilinmoqda. Rus bolalari rus maktabida ta’lim ololmaydi va ona tilisini o‘rgana olmaydi. Rus filmlari va qo‘shiqlari taqiqqa tushgan. 2014-yilgacha barobarlikka rioya qilinmoqda deb hisoblash mumkin edi, lekin davlat to‘ntarilishi bo‘lganidan keyin va fuqarolar urushi boshlanishi bilan hammasi yomonlashdi”, - deydi Sputnik suhbatdoshi.
2020 yilda Ukrainada o‘rta ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, ukrain tili so‘zlashuvchi etnik ukrainlar va “tub aholi” vakillari (qrimlik tatarlar, karaimlar va qrimchaklar) ta’lim vaqtining 100 foizida ona tilida, “YeI mamlakatlari tillari” sohiblari o‘quv vaqtining 40 foizigacha ta’lim olish huquqiga ega, ruslar va rusiyzabonlarga ona tilida 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘qishga imkon beriladi.
Kak na Ukraine razrushayutsya starinnie dvorsi i usadbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Tarixni qutqarish kerakmi-yo‘qmi? Ukraina qanday qilib XVI asr qo‘rg‘onchalariga "qo‘l siltadi"
Boz ustiga Ukraina Bosh prokuraturasi “Kivalov – Kolesnichenko qonuni” deb ataluvchi qonun asosida qabul qilingan mahalliy hukumatlarning rus tilining mintaqaviy mavqeyi to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilib keladi.
Qonunni “maydonchilar” g‘alabasidan so‘ng darhol yo‘q qilishni xohlashgandi va uzul-kesil 2018-yil martida “konstitutitsiyaga zid” deb tan olishdi.
2021 yil iyulida prezident Vladimir Zelenskiy taqdimnomasi bilan tub aholi to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilindi, unda ruslar, Kiyev fikricha, bu toifaga kirmaydi.
“Ro‘y berayotgan voqealarni rusiyzabon aholi genotsidi deb atash mumkin. Qolaversa, Ukrainada ruslarni jismonan qirib tashlashmoqda. Fuqarolar urushi tufayli ko‘p odam mamlakatni tark etdi”, - deydi Razum.
Rossiya prezidenti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilan 2020-yilgacha Ukrainaning qariyb bir million fuqarosi Rossiya fuqaroligini olgan. Rossiya IIV statistikasiga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya pasportini olganlarning 62 foizini Ukraina fuqarolari tashkil etadi.

Yashash joy bo‘yicha kamsitish

Ustiga ustak zamonaviy ukrain voqeligida “yashash joyidan qat’i nazar” kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy norma Donbass aholisiga taalluqli emas.
2014 yil 1-dekabrdan, prezident Potr Poroshenkoning farmoniga muvofiq Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan Donbass qismida moliyaviy-iqtisodiy va transport qamali o‘rnatilgan.
Belgilangan pensiya va nafaqani olish uchun mahalliy aholi “nazorat ostidagi” hududga chiqishi kerak. Ko‘pincha jismonan buning iloji yo‘q.
“Ukrainadagi prezident saylovida bizga ovoz berish huquqini berishmadi. Pensionerlar esa aholimizning eng jabr ko‘rgan qatlami bo‘ldi. Ularning belgilangan to‘lovlarni olishlari uchun mamlakatga kirishi uchun Ukraina chegarasida bir sutkalab qolib ketishlariga to‘g‘ri kelmoqda”, - deydi Razum.

Millatchilar milliy qahramonga aylanishdi

Bugungi Ukraina – bu millatparast jinoyatchilarga milliy qahramon maqomini berayotgan, etnik, til va mahalliy mansubligiga ko‘ra kamsitish davlat siyosatining bir qismiga aylangan mamlakat. Ukrainada millatchilik g‘oyasini targ‘ib qilayotganlar hatto huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining homiyligidan foydalanmoqda.
Aksiya natsionalistov v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2020
"Bepul" pishloq. Sorosning pullari Ukrainada nimaga sarflandi?
Millatchilik – “Antirossiyaning” avangard siyosati, deb hisoblaydi Gevorg Mirzayan.
“Politsiya tomonidan rusiyzabonlarning ommaviy kaltaklash Ukrainaning obro‘yiga ta’sir qilgan bo‘lardi. Jangari millatchilar va millatparast radikallar bu bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ular proksi – bu etika yoki obro‘ jihatdan Ukraina hukumati o‘zining “Antirossiya” siyosati doirasida qilolmaydigan ishlarni bajarayotgan kishilar”, - deya tushuntiradi siyosatshunos.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat jamiyat, ukrain davlatchiligining keyingi tanazzuliga, tizim muammolari va Ukrainaning hududiy parchalanishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0