Siyosat

Ukrainani Afgʻonistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev

© REUTERS / StringerAfganskiye jenщinы jdut razdachi besplatnoy pshenitsы v Kabule
Afganskiye jenщinы jdut razdachi besplatnoy pshenitsы v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Ukrainani Afgʻonistonning taqdiri kutmoqda - Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Ukrainani Afgʻonistonning taqdiri kutmoqda, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev. Bu haqda u “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyuda fikrlarini bildirdi.
Patrushevning soʻzlariga koʻra, Vashington Kiyevda oʻziga sodiqlarni hokimiyatga qoʻydi.
"AQSH bu mamlakatni amerikaliklarning oʻzlariga keraksiz boʻlgan qurollar bilan toʻldirmoqda, koʻzlarini yumishmoqda, ammo aslida ular kuchayib borayotgan neonatsizm, ekstremizm, jinoyatchilik, narkotrafik, millatlararo va dinlararo nizolarni qoʻllab-quvvatlamoqda",-dedi RF Xavfsizlik Kengashi kotibi.
Ukraina, oʻz navbatida, xushomadgoʻylik bilan xizmatkorlik qilish pozitsiyasini egalladi, deb qoʻshimcha qildi Patrushev. Mamlakatning asosiy maqsadi - NATOga aʼzo boʻlish.
"Ammo Afgʻoniston NATOdan tashqarida AQShning asosiy ittifoqchisi maqomiga ega boʻlgan, bu Kobulda agʻdarilgan amerikaparast rejimni qutqardimi?" - taʼkidladi Patrushev.
Bыvshiy prezident Ukrainы Viktor Yanukovich  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Dunyoda
Yanukovich Ukrainaning 30 yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi
Uning fikricha, Ukraina va Amerika tanlovi tarafdorlari ham xuddi shunday vaziyatdan chetda qolmaydi.
Neonatsistlarning hokimiyat tepasiga kelishi mamlakatning qulashiga olib keladi. Shu bilan birga, AQSH, kerak boʻlganda, "oʻzining Kiyev tarafdorlari" haqida ham eslamaydi, - dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi.
Kobul bilan aynan shunday boʻldi.

“Tolibon”* Afgʻonistonda hokimiyatni bosib olishi

Soʻnggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashdi.
Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha oʻtish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik oʻsha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini oʻz nazoratiga olganini maʼlum qilishdi. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani "qirgʻinning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.
Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush tugaganini eʼlon qildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala