Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev

© REUTERS / StringerAfganskie jenshini jdut razdachi besplatnoy pshenisi v Kabule
Afganskie jenshini jdut razdachi besplatnoy pshenisi v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev. Bu haqda u “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyuda fikrlarini bildirdi.
Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevda o‘ziga sodiqlarni hokimiyatga qo‘ydi.
"AQSh bu mamlakatni amerikaliklarning o‘zlariga keraksiz bo‘lgan qurollar bilan to‘ldirmoqda, ko‘zlarini yumishmoqda, ammo aslida ular kuchayib borayotgan neonatsizm, ekstremizm, jinoyatchilik, narkotrafik, millatlararo va dinlararo nizolarni qo‘llab-quvvatlamoqda",-dedi RF Xavfsizlik Kengashi kotibi.
Ukraina, o‘z navbatida, xushomadgo‘ylik bilan xizmatkorlik qilish pozitsiyasini egalladi, deb qo‘shimcha qildi Patrushev. Mamlakatning asosiy maqsadi - NATOga a’zo bo‘lish.
"Ammo Afg‘oniston NATOdan tashqarida AQShning asosiy ittifoqchisi maqomiga ega bo‘lgan, bu Kobulda ag‘darilgan amerikaparast rejimni qutqardimi?" - ta’kidladi Patrushev.
Bivshiy prezident Ukraini Viktor Yanukovich  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi
Uning fikricha, Ukraina va Amerika tanlovi tarafdorlari ham xuddi shunday vaziyatdan chetda qolmaydi.
Neonatsistlarning hokimiyat tepasiga kelishi mamlakatning qulashiga olib keladi. Shu bilan birga, AQSh, kerak bo‘lganda, "o‘zining Kiyev tarafdorlari" haqida ham eslamaydi, - dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi.
Kobul bilan aynan shunday bo‘ldi.

“Tolibon”* Afg‘onistonda hokimiyatni bosib olishi

So‘nggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi.
Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik o‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.
Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0