“Xayraton-Termiz” ko‘prigi tashlab ketilgan mashinalardan tozalandi

© AFP 2023 / Anvar Ilyasov/POOL Uzbekskiy pogranichnik na granitse s Afganistanom u goroda Termez
Uzbekskiy pogranichnik na granitse s Afganistanom u goroda Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
“Xayraton-Termiz” ko‘prigi yaqinidagi tirbandlik bartaraf etildi
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. “Xayraton-Termiz” chegara ko‘prigi afg‘on tomoni hududida tashlab ketilgan mashinalardan tozalandi.
"Tirbandlik yo‘q, afg‘on tomonidan olib tashlandi, birinchi yuk mashinalari O‘zbekiston hududiga kira oldi", - dedi Termiz ma’muriyati vakili RIA Novosti agentligiga.
Suhbatdosh toliblar O‘zbekiston bilan chegaradosh Xayraton shahrida hayotning normal ritmini tiklay boshlaganini istisno qilmadi.
Avvalroq “Xayraton-Termiz” ko‘prigi oldida tashlab ketilgan avtomobillardan tirbandlik hosil bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Texnika yuk mashinalarining O‘zbekistonga qaytishiga to‘sqinlik qildi.
Seshanba kuni toliblar O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Mozori Sharif shahrini bosib olgach, qo‘shni mamlakat fuqarolari ko‘prikning Afg‘oniston tomonida to‘planib, O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lishdi.
16 avgust kuni ertalab vaziyat normal holatga qaytdi, Afg‘oniston fuqarolari o‘zlari ko‘prikni tark etishdi. Biroq, ular mashinalarni tashlab ketishdi.
Yangiliklar lentasi
0