Ilon Mask kompaniyasi odamsimon-robot ishlab chiqaradi

© AFP 2023 / ODD ANDERSENIlon Mask
Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Obuna bo‘lish
Tesla Inc 2022-yilda Tesla Bot gumanoid-robot prototipini taqdim etishni rejalashtirdi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Tesla Inc 2022-yilda Tesla Bot gumanoid-robot prototipini taqdim etishni rejalashtirdi. Teslarati portali xabariga ko‘ra, bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask Palo-Altoda sun’iy intellektga bag‘ishlangan tadbir doirasida o‘tkazilgan taqdimotda aytib o‘tdi.
Maskning aytishicha, robotning bo‘yi 172 santimetr, vazni 57 kilogramm bo‘ladi. Yuz o‘rniga ekran bo‘ladi, qo‘llari va oyoqlari 40 ta maxsus simlar orqali boshqariladi.
Bundan tashqari, robot mavjud bo‘lgan sun’iy intellekt qurilmalarining bir qismini ishlata oladi. Masalan, robot Tesla avtomashinalari kabi maxsus kameralar bilan jihozlanadi.
Chelovekopodobniy robot proxodit ispitatelniy srok v permskom MFS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2020
Rossiyada ilk bor odamsimon robot ishga qabul qilindi
Maskning so‘zlariga ko‘ra, robot do‘konga borishi, buyumlarni olib kelishi va boshqa buyruqlarni bajarishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0