Siyosat

"Dollar oʻrniga soʻm": Mirziyoyev tadbirkorlarga qanday yechimlar taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Mirziyoyevning aytishicha, endilikda kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish-sotishgacha boʻlgan barcha jarayonlar elektron tarzda, onlayn hal etiladi.
TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha muhim yoʻnalishlarni koʻrsatib oʻtdi.
- Men sizlar tomoningizdan koʻtarilgan masalalar bilan atroflicha tanishib chiqdim. Shu bois, sizlarni qiynayotgan barcha muammo va savollardan toʻla xabardorman. Bugunga qadar eng dolzarb muammolarni tizimlashtirib, ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdik.
Birinchi yoʻnalish. Sizlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bogʻliq. Jumladan, ushbu murojaatlarning asosiy qismida kredit stavkalarining yuqoriligi, va koʻplab kreditlarning qisqa muddatga, tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan. Haqiqatdan ham, tan olib aytishimiz kerak, tadbirkorlarga bugungi kunda berilayotgan aksariyat kreditlarning muddati 3 yildan oshmaydi. Shuningdek, banklar tomonidan yillik 8-10 foizdan xorijiy valyutada 18 mingga yaqin tadbirkorlarga berilgan kredit valyuta kursining muntazam oʻsishi hisobiga qoʻshimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgani ham ushbu masalalar tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ogʻir yuk boʻlib turganini koʻrsatmoqda. Shu bois, tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakllantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishimiz talab etiladi. Birinchidan, banklarning kapitalini oshirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan bozor tamoyillari asosida qoʻshimcha 600 million dollar ajratiladi. Bu mablagʻlar tanlov asosida ham davlat, ham xususiy banklarga joylashtiriladi.
Parikmaxer za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Iqtisod
Aksariyat yosh tadbirkorlar maishiy xizmatlar sohasini tanlamoqda – DSQ
Ikkinchidan, yuqoridagi mablagʻlarni jalb qilmoqchi boʻlgan bankning oʻzi ham tashqi va ichki moliya bozorlaridan kamida 30 foiz qoʻshimcha resurslar jalb qiladi. Jumladan, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion soʻmlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Shuningdek, Oʻzbekiston bozorida ishlashga tayyor boʻlgan, zamonaviy texnologiyalarga ega yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratamiz. Bu ham, oʻz navbatida, tadbirkorlarimiz uchun qulay sharoitlar taqdim etadi va bank tizimida biz uchun nihoyatda kerak boʻlgan sogʻlom raqobat paydo boʻladi.
Uchinchidan, banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb qilishidan qatʼiy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – soʻmda va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz ushbu masalani oʻz murojaatlarida koʻtarganlar. Shu bois, Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. Ushbu kompaniya banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablagʻlarni soʻmga oʻgirib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi. Loʻnda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga qoʻshimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi.
Toʻrtinchidan, bundan buyon Hukumat tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinayotgan imtiyozli mablagʻlar hisobidan banklarga beriladigan kreditlarning muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi.
Beshinchidan, joriy yil 1 oktyabrdan boshlab, ilgari 1 million dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 milliard dollarga yaqin kreditlari, tadbirkor va tijorat banklari oʻrtasidagi kelishuvga asosan, milliy valyutaga oʻtkazib beriladi.
Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Iqtisod
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekistonga 750 mln dollardan ziyod ajratishi mumkin
Umuman, yuqorida taklif etilayotgan mexanizmlar hisobiga, tijorat banklarida har yili oʻrtacha 30-40 trillion soʻmlik milliy valyutadagi, uzoq muddatli qoʻshimcha resurslar shakllanadi. Bular hisobiga, tadbirkorlar milliy valyutadagi kreditlarni uzoq muddatga va hozirgi stavkalardan kamida 5 foiz arzon olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Men oʻylaymanki, bu yangi imkoniyatlar mamlakatimizda tadbirkorlik rivojiga katta turtki beradi.
"Men yaxshi tushunaman, hamma arzon kredit olishni xohlaydi. Lekin, kredit foiz stavkalarini sunʼiy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qoʻymasligimiz lozim. Barqarorlik boʻlmasa, iqtisodiy oʻsish boʻyicha koʻzlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bu borada, foiz stavkalariga bevosita taʼsir etadigan inflyatsiyani va yana takror aytaman, inflyatsiyani pasaytirish hamda bank orqali kreditlash jarayonini toʻliq bozor mexanizmlariga oʻtkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiramiz. Zamonaviy bozor tamoyillarida ishlash uchun hududlarda banklar loyiha fabrikalari va tadbirkorlikka oʻqitish markazlarini tashkil etib, xorijiy mutaxassislarni jalb qilmoqda. Ushbu markazlar tadbirkorlarga, ayniqsa yoshlarga oʻz gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etish, biznes rejalarni ishlab chiqish, mablagʻlar jalb qilishga yordamlashadi hamda ularga biznes jarayonining barcha zanjirida koʻmakdosh boʻladi. Umuman, inflyatsiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilganmiz. Bu esa, tabiiy ravishda kredit stavkalarini ham maqbul darajaga tushirish va muddatini uzaytirish imkonini beradi".
Oltinchidan, islohotlarimiz uchun oʻta muhim boʻlgan oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida ham 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Endi, bu yangi tizimda odamlarimiz tadbirkorlik uchun kredit olaman deb hokimiyatga, bankka yoki boshqa idoraga borib yurmaydi, asbob-uskunalarni sotib olish uchun taʼminotchini qayerdan topaman deb, bosh qotirishga zarurat qolmaydi. Kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish-sotishgacha boʻlgan barcha jarayonlar elektron tarzda, onlayn hal etiladi. Oʻz navbatida, ushbu platforma taʼminotchi korxonalar uchun ham kamida 10 trillion soʻmlik bozor yaratadi. Iqtisodiy kompleks rahbarlari Qoʻchqorov, Nurmuratov, tijorat banklari uch oy muddatda joylarda, tadbirkor va aholimizga ushbu qulayliklarni keng tushuntirib, undan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyishni tashkil etishlari zarur. Bu borada, mahallabay ish tashkil etish boʻyicha “Andijon tajribasi”ni butun mamlakat boʻylab keng qoʻllash lozim boʻladi.
Yettinchidan, koʻplab murojaatlarda biznesni moliyalashtirish manbalarini yanada koʻpaytirish maqsadida nobank kredit tashkilotlarini ochish va yuritishga boʻlgan mavjud talablarni kamaytirish va yengillashtirish soʻralgan. Bu takliflar bizga juda maʼqul. Shuning uchun, joriy yil 1 oktyabrdan mikromoliya tashkilotlarini litsenziyalash tartibi toʻliq bekor qilinadi. Endi, ular faoliyatini boshlashi uchun faqatgina Markaziy bank reyestriga kirishlari kifoya. Shuningdek, bundan buyon ularga kassa xonalari tashkil etish, hududlarda filiallar ochish uchun Markaziy bankning roziligini olish shart boʻlmaydi. Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million soʻm) va mikrolizing (600 million soʻm) uchun amaldagi cheklovlar ham olib tashlanadi. Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlariga boshqa tashkilotlardan mablagʻlar jalb qilish, obligatsiyalar chiqarish huquqlari ham beriladi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar xuddi banklar kabi toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ham ega boʻladilar. Umuman, ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham kredit bozorida tadbirkorlarimiz uchun yiliga qoʻshimcha 10 trillion soʻm mablagʻ shakllanadi.
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Ikkinchi yoʻnalish – soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi:
– Maʼlumki, soʻnggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Koʻpchilikning esidan chiqqan boʻlishi mumkin, yaqingacha Pensiya, Maktab va Yoʻl jamgʻarmalariga biznes uchun ogʻir yuk boʻlgan 3,2 foizli yigʻimlar toʻlanar edi. Ushbu yigʻimlar korxonalarning foydasidan qatʼiy nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 foiz foydasiga teng boʻlgan. Byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga mazkur yigʻimlarni bekor qilish hisobiga, 7 mingga yaqin korxona har yili oʻrtacha 6 trillion soʻm soliq toʻlashdan ozod boʻldilar. Molk-mulk, daromad soligʻi va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi. Aniq misollar bilan gapiradigan boʻlsak, transport sohasida soliq yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, toʻqimachilik va elektrotexnika sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi.
Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga qaramay, qoʻshilgan qiymat soligʻi 20 foizdan 15 foizga tushirildi, koʻproq zarar koʻrgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari toʻlovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, oʻz navbatida tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion soʻm mablagʻni biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala