Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston Afgʻonistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam berdi

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiNa propusknom punkte «Vorota drujbы» v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman
Na propusknom punkte «Vorota drujbы» v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Oʻzbekiston TIV axborotiga koʻra, 150 nafar Afgʻoniston fuqarosi orqaga qaytarilgan, "Tolibon" ularning xavfsizligini kafolatlagan
TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekiston qator xorijiy davlatlar ularning fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilish borasida hamkorlik qilmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Ayni vaqtda Germaniya, Rossiya, AQSH, Shveytsariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Qozogʻiston kabi davlatlar bilan aeroport infratuzilmasidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, havo hududidan uchish uchun ruxsat olish, uchish va qoʻnish hamda zarur texnik va logistik yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlikda sayi-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekistonda urib tushirilgan afgʻon HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Xorijiy sheriklar bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolari bilan bir qatorda Afgʻoniston fuqarolarini AIRdan oldindan kelishilgan davlatlarga tartibli evakuatsiya qilish boʻyicha tartibli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Soʻnggi bir necha kun ichida Oʻzbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi taʼminlangan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Oʻzbekiston hududida qisqa muddat boʻlib turgan vaqtda evakuatsiya qilinganlarga karantin choralariga qatʼiy rioya qilingan holda barcha zarur yordam koʻrsatilmoqda, shundan soʻng ular hammasi kechiktirmagan holda belgilangan mamlakatlarga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, "Tolibon" harakati vakillari bilan ushbu foijali kunlarda oʻzbek-afgʻon chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan afgʻon fuqarolariga xavfsizlik kafolatlarini olish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilgan.
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar ommaviy afv eʼlon qildi va afgʻonlarni ishga qaytishga chaqirdi
Toliblar rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan zoʻravonlik choralarini qoʻllamaslik, ularni taʼqib qilmaslik va taʼqiblarning oldini olish boʻyicha erishilgan kelishuvlardan soʻng 150 nafar Afgʻoniston fuqarosi oʻz xohishiga koʻra orqaga, vatanga qaytarilgan.
Afgʻonistonga qaytgan fuqarolarning oʻzidan olingan maʼlumotlarga koʻra, ularga nisbatan oʻtkazilgan rasmiy protsessual tadbirlardan soʻng, ularning barchasi uy-uylariga qoʻyib yuborilgan, va ayni vaqtla ular oʻz oilalari davrasida toʻliq xavfsizlikdadir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala