Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekistonda urib tushirilgan afgʻon HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Oʻzbekiston HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari yakshanba kuni afgʻon harbiy samolyotining havo chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga urinishini oldini olgan edi
TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida urib tushirilgan Afgʻoniston Harbiy havo kuchlari samolyotining ikki nafar uchuvchisi reanimatsiyadan chiqarildi.
Jabrlanganlar hushiga kelgani aytilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti agentligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali xodimi xabar berdi.
"Ularning holati yaxshilandi, ular jonlantirish boʻlimidan travmatologiya boʻlimiga oʻtkazilgan, ikkalasi ham hushiga kelgan", - deb taʼkidladi tibbiy muassasa xodimi.
Avtomobil s afganskimi nomerami vʼyexal na territoriyu Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Video
Oʻzbek-afgʻon chegarasiga olib boruvchi yoʻlda avtomobillar harakati tiklandi - video
Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda uchuvchilarning ahvoli oʻrtacha ogʻir deya baholanmoqda.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 15 avgust kuni respublika HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari afgʻon harbiy borti tomonidan Oʻzbekiston davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldini olgan.
Samolyot Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida - Afgʻoniston bilan chegara yaqinida qulagan.
Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va Termizdagi klinikaning jonlantirish boʻlimiga yetkazilgan.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 14 avgust kuni 84 afgʻon harbiylari Oʻzbekiston bilan chegarani kesib oʻtib, yordam soʻrashgani - ularga tibbiy yordam koʻrsatilgani, oziq-ovqat bilan taʼminlanganligi va vaqtincha turar joy tashkil etilgani haqida xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala