Dunyoda

Putin Baydenga Afgʻoniston atrofidagi qoʻshinlar boʻyicha eʼtiroz bildirgan — WSJ

© AFP / ALEX WONGPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Amerika qoʻshinlarining Markaziy Osiyo mamlakatlarida mavjudligiga yoʻl qoʻyib boʻlmaslik haqida Rossiya yetakchisi Oq uy rahbari bilan oʻtgan uchrashuvda gapirgan
TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerika qoʻshinlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida boʻlishiga qarshi.
Bu haqda davlat rahbari AQSH yetakchisi Jo Bayden bilan iyun oyida Jenevada oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilgan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Jurnalistlarning fikricha, Moskva MO mintaqasida oʻz taʼsirini saqlab qolishga va afgʻon muammosiga yechim topish uchun Vashington bilan hamkorlikni kengaytirmaslikka intilmoqda.
Yunыy jitel kishlaka Maduzay-Kala pod Kandagarom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Foto
Jafokash afgʻon xalqi
Material mualliflarining taʼkidiga koʻra, bu amerikaliklarga Afgʻoniston bilan chegaradosh mamlakatlarda dronlarni joylashtirish imkoniyatlarini mushkullashtirgan.
Nashr taʼkidiga koʻra, hozirda AQSH HHK oʻz kuchlarini Fors qoʻltigʻidagi mamlakatlarda joylashtirishga majbur. Sababi, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston aeroportlari ular uchun yopiq.
Bu holat esa Vashingtonning oʻtkazilayotgan operatsiyaga harajatlarini sezilarli oshirmoqda.
Iyul oyi oxirida RF TIV rahbari Sergey Lavrov Markaziy Osiyoda hech kim AQSH harbiy bazalarini oʻz hududida joylashtirishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi.
Toshkent ham xuddi shunday fikrni bildirdi.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
Xususan, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi respublika hududida xorijiy harbiy bazalar va obʼyektlarini joylashtirish na mudofaa doktrinasi, na Konstitutsiya, na tashqi siyosat kontseptsiyasida nazarda tutilmaganini aytdi.
Oʻzbekiston mudofaa siyosati qurolli kuchlarning xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida va harbiy mojarolarda ishtirok etmaslik tamoyiliga asoslangan, deya taʼkidlagan edi idora.
Afgʻonistondagi vaziyat
Afgʻonistondagi vaziyat oʻtkir tus olgan: soʻnggi haftalarda toliblar hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qoʻlga olgan.
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar ommaviy afv eʼlon qildi va afgʻonlarni ishga qaytishga chaqirdi
Yakshanba kuni "Tolibon"* aʼzolari poytaxt Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf Gʻani "qirgʻin-barotning oldini olish maqsadida", Afgʻonistonni tark etdi.
16 avgustga oʻtar kechasi toliblar siyosiy ofisining vakili Muhammad Nayim Afgʻonistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq boʻlishini maʼlum qildi.
* — Rossiya va qator mamlakatlarda taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala