Iqtisod

Yangi 5 000 ming va 10 000 soʻmlik pullar qanday koʻrinishga ega - MB axboroti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yoʻli” hamda mamlakat hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bagʻishlangan.
TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki 2021 yilning 26 avgustidan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 5000 soʻm va 10 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yoʻli” hamda mamlakat hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bagʻishlangan.
Banknotlar himoyalangan qogʻozda chop etilgan.
© TSB UzbekistanaTsentralnыy bank pokazal kak vыglyadyat banknotы 5000 sumov i 10 tыsyach sumov novыx obraztsov.
Tsentralnыy bank pokazal kak vыglyadyat banknotы 5000 sumov i 10 tыsyach sumov novыx obraztsov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Tsentralnыy bank pokazal kak vыglyadyat banknotы 5000 sumov i 10 tыsyach sumov novыx obraztsov.
5000 soʻmlik banknot: Oʻlchami 142 x 69 mm. Banknotning oʻng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yoʻli”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami koʻrinishida suv belgilari joylashgan.
Banknotning oʻng tarafida qogʻoz qatlamida kengligi 2 mm. boʻlgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanuvchan metallashgan va mashinada oʻqiladigan himoya ipi oʻtkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarranglardan iborat.
Banknot old tomoni chap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan.
Oʻng va chap tomoni chekkasida jigarrangda joylashgan maxsus element koʻrish qobiliyati past boʻlgan insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, boʻyoqning boʻrtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.
Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” koʻrinishida berilgan boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan maʼlum qiyalikda koʻrinish xususiyatiga ega.
“Xonatlas” fonida tushirilgan Oʻzbekiston xaritasi chizmasida koʻk chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli”ning karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.
Yuqori chap qismida Samarqand shahrining ramzi hisoblangan “qanotli qoplon” tasviri registr vazifasini bajargani holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorugʻlikka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qoʻshilib toʻliq tasvir hosil qiladi.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli boʻlgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
Oʻng qismida Afrosiyob xarobalaridan topilgan X asrga tegishli boʻlgan sopol koʻza va naqshinkor sopol lagan arxeologiya topilmasi tasviri aks etgan.
10 000 soʻmlik banknot: Oʻlchami 147 x 69 mm.
Banknotning oʻng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yoʻli”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami koʻrinishida suv belgilari joylashgan.
Banknotning oʻng tarafida qogʻoz qatlamida kengligi 3 mm.li “golografik” himoyalangan, “UZB” yozuvi mavjud metallashgan va mashinada oʻqiladigan himoya ipi oʻtkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – koʻk, binafsha va pushti ranglardan iborat.
Banknot old tomoni chap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toshkent shahridagi “KO‘KALDOSH MADRASASI” meʼmoriy yodgorligi tasvirlangan.
Oʻng va chap tomoni chekkasida joylashgan koʻk rangdagi maxsus element koʻrish qobiliyati past boʻlgan insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, boʻyoqning boʻrtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.
Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” koʻrinishida berilgan boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan maʼlum qiyalikda koʻrinish xususiyatiga ega.
Yuqori qismidagi Oʻzbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli”ning karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli boʻlgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – “SHOSHTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
Oʻng qismida Toshkentning qadimiy hunarmandchilik namunalari boʻlgan X-XII asrlarga tegishli sopol lagan hamda X asrga tegishli roʻzgʻor idishi tasviri aks ettirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki:
muomalaga chiqarilayotgan yangi koʻrinishdagi qiymati 5000 soʻm va 10 000 soʻm boʻlgan pul belgilari bugungi kunda muomalada boʻlgan 2013 yil namunasidagi 5000 soʻmlik va 2017 yil namunasidagi 10 000 soʻmlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada boʻladi;
yaʼni, 2013 yil va 2017 yil namunasidagi 5000 soʻmlik va 10 000 soʻmlik banknotlar ham toʻlov qobiliyatini yoʻqotmaydi;
shuningdek, yangi koʻrinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada boʻlgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va aholi tomonidan oʻz qiymati boʻyicha barcha turdagi toʻlovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala