Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKPP u granisi Uzbekistana i Afganistana
KPP u granisi Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi
TOShKENT, 21 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Termiz va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida boshqa davlatga uchish bahonasida o‘zbek-afg‘on chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Hozir tovar yuklangan yuk mashinalari, shuningdek, yengil jumladan, afg‘on raqamli avtomobillar respublikaga va ortga harakatlanmoqda. Sariq davlat raqamli mashinalar O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lganlarga tegishli - ular respublikaga bemalol kelishi mumkin.
Amudarya s visoti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, Afg‘oniston fuqarolari chegaradan chet elga chiqish avia-chiptalarini ko‘rsatib o‘tishadi, lekin hamma ham bu chiptalar bilan uchib ketmaydi.
Vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaning aytishicha, ular chegarani kesib o‘tgandan so‘ng yoki aeroportga yetib kelganda, ular xaridni bekor qilib, chiptalarni aviakassaga qaytarib berishadi. Elektron chiptani o‘z vaqtida qaytarganda ozgina pul yo‘qotadilar. Chegarani kesib o‘tishning bu kabi ayyorona mexanizmi ko‘paydi. Bu fuqarolar Termiz shahrida uy-joy ijaraga olishi yoki respublikaning boshqa shaharlariga borishi mumkin.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, yangi qochoqlar oqimi ortadi, chunki toliblar bergan va’dalariga qaramay, “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan) siyosati va mafkurasi Afg‘onistonning barcha fuqarolariga ma’qul emas.
Yangiliklar lentasi
0