Migratsiya

Moskva viloyatidagi masjidda tekshiruv oʻtkazildi: 140 nafar migrant qoʻlga olindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishNashivka na rukave sotrudnika politsii v Rossii, arxivnoye foto
Nashivka na rukave sotrudnika politsii v Rossii, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2021
Kotelnikida 140 dan ortiq migrant qoʻlga olindi, deb maʼlum qildi manba.
TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Kuni kecha 140 nafardan ortiq chet ellik Moskva viloyati Kotelnikidagi politsiya boʻlimiga olib kelindi, deb xabar berdi RIA Novosti IIVdagi manba.
Uning soʻzlariga koʻra, tezkor xodimlar Kotelnikidagi masjidda juma namoziga yigʻilgan kishilarni tekshiruvdan oʻtkazdi, lekin operatsiya tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Migratsiya
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi
Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, asosan yaqin xorij davlatlar fuqarolari haqida gap ketmoqda, agar qonunbuzarliklar holatlari aniqlansa, ularga maʼmuriy protokollar rasmiylashtiriladi.
Advokat Lidiya Samsonova 60 nafarga yaqin migrant “Lyuberetsskiy” politsiya boʻlimiga olib kelinganini maʼlum qildi. Tekshiruv vaqtida Moskva viloyatidagi masjidda 600 nafarga yaqin migrant boʻlgan.
RIA Novosti hozircha bu holat yuzasidan rasmiy maʼlumotga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala