O‘zbekiston: salkam 1300 kishida kovid va pnevmoniya, 7 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix COVID-19 v GKB №40
Lechenie bolnix COVID-19 v GKB №40 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 881 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148 203 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 881 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148 203 nafarni tashkil qilmoqda.
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
O‘zbekistonda koronavirus: 863 kishida kovid aniqlandi, 6 kishi vafot etdi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (83), Andijon viloyatida (43), Buxoro viloyatida (24), Jizzax viloyatida (45), Qashqadaryo viloyatida (33), Navoiy viloyatida (15), Namangan viloyatida (42), Samarqand viloyatida (89), Sirdaryo viloyatida (24), Surxondaryo viloyatida (85), Farg‘ona viloyatida (87), Xorazm viloyatida (25), Toshkent viloyatida (92), Toshkent shahrida (194) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 412 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 140 941 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 7 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1015 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 210,0 milliondan oshdi, 4,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (37,2 mln), Hindistonda (32,3 mln), Braziliyada (20,4 mln).
Yangiliklar lentasi
0