O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi

© Sputnik / Vitaliy BelousovMigranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” va o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda shanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida bayon etilgan.
 Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud
"O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin", - deyilgan hujjatda.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirish haqida topishiriq berildi.
Bundan avval Jurabek Laboratories boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
Postavka 50 tisach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Kelasi 3 oy ichida qanday vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinadi
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi.
29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.
11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.
Yangiliklar lentasi
0