Toshkentda ayol hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatdi: hujjatlar sudga oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2021
Obuna bo‘lish
Profilaktika inspektori ayol kishiga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi holati bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Toshkentda hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatgan ayol ustidan rasmiylashtilgan hujjatlar sudga oshirildi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 18-avgust kuni Yashnobod tumani IIO FMBga Jarqo‘rg‘on ko‘chasida janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori Z.Baimbetov 1978-yilda tug‘ilgan K.Olga tomonidan tuman hokimiyati vakillariga qarshilik ko‘rsatayotganligiga guvoh bo‘lgan. Aniqlanishicha, “Jarqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida mahallada joylashgan noqonuniy qurilmalar buzilayotgan bo‘lgan.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Mo‘ynoqda futbol o‘yini vaqtida katta janjal yuzaga keldi
Shu hududda istiqomat qiluvchi K.Olgaga tegishli bo‘lgan garaj noqonuniy qurilganligi sababli olib tashlashi lozimligi haqida tuman hokimiyati tomonidan u bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, garajni o‘z ixtiyori bilan olib tashlamagan, hokimiyat vakillari tomonidan buzilishiga esa qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilgan va janjal ko‘targan.
Profilaktika inspektori tomonidan janjalni to‘xtatish, jamoat tartibini saqlash, vaziyatni yumshatish va holatni to‘liq o‘rganish maqsadida K.Olgaga tinchlanishi aytilgan va mahalladagi tayanch punktga taklif etilgan. Biroq K.Olga IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatgan, atrofdagi fuqarolarni o‘ziga jalb qilish maqsadida baqir-chaqir qilib to‘polon ko‘targan. Shundan so‘ng profilaktika inspektori K.Olgaga kuch ishlatib xizmat mashinasiga o‘tqazgan.
K.Olgaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi hamda 198-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.
Profilaktika inspektori ayol kishiga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi holati bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0