Jamiyat

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza boʻlimi nomaʼlum vaqtga yopiladi

© Sputnik / Vitaliy BelousovFlag Germanii
Flag Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Taʼkidlanishicha, yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza boʻlimi nomaʼlum vaqtga yopiladi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilinadi.
“Yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi. Soʻrovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi”, -deyilgan xabarda.
Hozirda Germaniya oʻz fuqarolari va afgʻon qochoqlarini Kobuldan Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. 19 avgustdan Toshkent aeroporti terminali Germaniya, Afgʻoniston va YEI davlatlari fuqarolarini mamlakat orqali evakuatsiya qilinishi uchun ajratilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Soʻnggi bir necha kun ichida Oʻzbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi taʼminlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala