Jamiyat

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi

© CC0 / Unsplash / Leon SeibertMujchina podpisыvayet dokumentы. Illyustrativnoye foto
Mujchina podpisыvayet dokumentы. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50 yil edi).
Qonunga koʻra, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilganidan soʻng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi maʼlumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.
Ushbu eʼlon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida eʼtiroz bildirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala