Iqtisod

Oʻzbekistondan Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻpi bilan besh kunda yetkazib beriladi

© Sputnik / Oleg Makarov / Fotobankka oʻtishYabloki i grozdya vinograda
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
“Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi “yashil yoʻlak” tamoyili asosida tashkil etiladi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi Oʻzbekistondan Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini koʻpi bilan besh kunda yetkazib berishni taʼminlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Uchrashuv chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamkorligining keng koʻlamli masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida logistika yoʻlaklarini rivojlantirish sohasidagi Oʻzaro anglashuv memorandumini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.
Konteynerы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Iqtisod
Yana bir mamlakat "RF-Oʻzbekiston" agroyoʻlagiga qoʻshiladi - buni qanday afzalliklari bor?
Hujjatda zarur infratuzilmani yaratish va tegishli logistika xizmatini tashkil etish boʻyicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilangan.
Hujjatda bojxona, sanitariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish, ikki mamlakat oʻrtasida tovarlarni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, davlat organlari oʻrtasida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik qilishning shakllari belgilangan.
Unda, shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, agro-logistika va ulgurji taqsimot markazlarini tashkil etish boʻyicha aniq amaliy chora-tadbirlar qayd etilgan.
"Shunday chora-tadbirlardan biri “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdini “yashil yoʻlak” tamoyili asosida tashkil etish boʻlib, u Oʻzbekistondan Rossiya Federatsiyasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini koʻpi bilan besh kunda yetkazib berishni taʼminlaydi", - deyilgan xabarda.
Uchrashuv yakunida tomonlar munosabatlarning muhokama qilingan yoʻnalishlari doirasida amaliy hamkorlik qilish uchun navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadida barcha darajalarda yaqin aloqalarni saqlab qolishga kelishib oldilar.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida “Agroekspresslar” yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala