Tseremoniya zajjeniya Paralimpiyskogo ognya v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sportning 8 turida 55 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar Tokioga joʻnab ketdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaParalimpiytsы Uzbekistana
Paralimpiytsы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Paralimpiya oʻyinlari ochilish marosimida Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova Oʻzbekiston bayroqdorlari boʻladi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar Tokioga kuzatildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularni bosh vazir Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov kuzatib qoʻydi.
Tanzila Norboyeva sportchilarga musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. Abdulla Aripov ularga kuch-quvvat tilab, prezident hamda millionlab muxlislar ulardan gʻalabalar kutishlarini aytib oʻtdi.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya oʻyinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova Oʻzbekiston bayroqdorlari boʻladi.
Uchastnitsa paralimpiadы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy roʻyxat
Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi sportning 8 turida 55 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala