Jamiyat

Qoʻshimcha test sinovlari 23 avgust kuni boʻlib oʻtadi

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Tana harorati yuqori boʻlgan abituriyentlar uchun test 23 avgust kuni oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Tana harorati yuqori boʻlgan va koronavirusga chalingani uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari 23 avgust kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qilmoqda.
Test sinovlarida quyidagilar qatnasha oladi:
test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37 gradusdan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;
16 avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qoʻshimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.
Aniqlik kiritilishicha, qayta tashkil etilgan test kuni ham tana harorati 37 gradusdan yuqori boʻlgan yoki koronavirusdan toʻliq sogʻaymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.
Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida test topshirish hududi sifatida oʻzlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli maʼlumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan soʻng, 21 avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishi mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala