Senat a’zosi Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi

© Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmatiTopiboldi Xoldorov
Topiboldi Xoldorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda u Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 22-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, u surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. So‘nggi kunlarda Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan.
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi
Topiboldi Xoldorov 1942-yil 1-fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000-yildan 2009-yilga qadar "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, 2009—2020 yillarda "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan.
60 yillik mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Yangiliklar lentasi
0