Iqtisod

Yuk mashinalarini Oʻzbekistonga import qilishda imtiyoz beriladi

© Sputnik / Ilya NaymushinGruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Prezident qarori bilan avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlanadi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 yil 1 yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yigʻimi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllaniladi:
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025 yil 1 yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:
- “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;
- avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.
Zdaniye Minskogo avtomobilnogo zavoda (MAZ) v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
MAZ Oʻzbekistonda yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala