Ahmad Ma’sud toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi

© Sputnik / Filipp Prokudin / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, muloqot kuni kecha telefon orqali bo‘lib o‘tgan. Ma’sud bu vaqtda Panjsherda, Amirxon Muttakiy esa - Qobulda bo‘lgan.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Afg‘on milliy qarshilik ko‘satish harakati yetakchisi Ahmad Ma’sud "Tolibon" vakillaridan biri Amirxon Muttakiy bilan mamlakatdagi ziddiylashgan vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikistonga Ma’sudning maslahatchilaridan biri.
Ma’lum bo‘lishicha, muloqot kuni kecha telefon orqali bo‘lib o‘tgan. Ma’sud bu vaqtda Panjsherda, Amirxon Muttakiy esa - Qobulda bo‘lgan.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Toliblar prezident G‘anini ta’qib qilmaslikka va’da berishmoqda
Aniqlik kiritilishicha, toliblar yetakchisi qarshilik ko‘rsatish harakatining yosh rahbaridan qurolni tushirib, muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishni taklif etgan. Toliblar yetakchisi Ahmad Ma’sudga "Tolibon"* bilan urush olib borish ma’nisizligini, chunki ularni kuchli davlatlar qo‘llab-quvvatlashini, harakatning o‘zi esa old va zamonaviy harbiy texnikaga egaligini aytgan.
Ahmad Ma’sud qarshilik ko‘rsatish harakati kuchlari ham yaxshi qurollanganliklarini, eng asosiysi, ular "kuchli jangovar ruhga egaliklarini" qayd etib o‘tgan.
"Biz Afg‘oniston erkin mustaqil va gullab-yashnayotgan diyor sifatida qolishi tarafdorimiz, bunga esa muloqot va o‘zaro tushunish orqali erishish mumkin. Ammo agar gap kuch va urushga borib taqaladigan bo‘lsa, sizlar bizlarni yaxshi bilasizlar. Men otamning o‘g‘liman, mamlakatni va xalqni himoya qilish uchun bor harakatlarimni ishga solaman", - degan kichik-Ma’sud.
Amerikanskiy voyenniy v aeroportu Kabula, 20-avgusta 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
“Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi
Muttakiy, o‘z navbatida muloqot davomida Qobuldagi afg‘on milliy qarshilik ko‘rsatish harakati yetakchisining mol-mulki va uylariga hech kim ko‘z olaytirmasligini: ularning barchasi butun va talon-taroj qilinmagan holda ularga topshirilishini aytgan.
Bunga javoban Ahmad Ma’sud afg‘on poytaxtida hech qanday shaxsiy mulkka ega emasman, deya ta’kidlagan.
"Otamning ham boyligi bo‘lmagan. Menga oilamizga tegishli bo‘lgan buvamdan qolgan uy meros qolgan", - deya aniqlik kiritgan u.
Ta’kidlash kerakki, Qobul tumanlaridan birida kichik-Ma’sudning uyi joylashgan, toliblar shaharni bosib olmagunga qadar, bu uy unga siyosiy ofis sifatida xizmat qilgan.
Uning otasi, Afg‘oniston milliy qahramoni Ahmad Shoh Ma’sudning o‘quvchilik yillari shu uyda o‘tgan.
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Toliblar Panjsherga hujum qilishga shaylanishmoqda
"Biz Panjsher uchun emas, balki erkin Afg‘oniston uchun kurashamiz, o‘zimizning e’tiqod va qadriyatlarimiz uchun jang qilamiz", - deb qayd etgan Ma’sud.
Eslatib o‘tamiz, sal avval toliblar bir necha ming harbiy xizmatchilarni qurol, artilleriya va tanklar bilan Panjsherni okkupatsiya qilib olish uchun yuborishgan edi.
Bunday harakatlar 30-yil ichida ikkinchi bor ro‘y bermoqda.
Toliblar ilk bor, 1996-yilda Panjsher darasi darvozasiga yaqin kelishgan va katta Ahmad Shoh Ma’sud boshchiligidagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari tomonidan tor-mor etilgan.
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi
Bugungi kunga kelib, bu toliblar tomonidan bosib olinmagan Afg‘onistonning yagona provinsiyasi maqomini saqlab turibdi. Qolgan 33ta provinsiya so‘nggi ikki oy davomida toliblar tomonidan to‘liq egallab olingan.
*- "Tolibon" terrorchi harakat sifatida tan olingan va RF hamda qator boshqa davlatlarda ta’qiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0