Yetti oyda O‘zbekistonga 432 ta elektromobil olib kelindi

© REUTERS / TINGSHU WANGPekinskiy mejdunarodniy avtosalon Auto China - elektromobil Good Cat ot Ora, brenda Great Wall Motors
Pekinskiy mejdunarodniy avtosalon Auto China - elektromobil Good Cat ot Ora, brenda Great Wall Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln dollar sarflangan.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘zbekistonga asosan Xitoydan (388 ta) elektromobillar import qilingan. Import qilingan davlatlar orasida Turkiya (24 ta), AQSh (6), Koreya (5), Germaniya (4), Litva (1), Ispaniya (1), Rossiya (1), Gongkong (1), BAA (1) ham bor.
Shu oylarda import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln dollar sarflangan.
Elektromobil Baic Senova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
O‘zbekistonga o‘tgan yilda 130dan ortiq elektromobil olib kelingan
Yangiliklar lentasi
0