Jamiyat

Jizzaxda "Xalqaro armiya oʻyinlari – 2021" musobaqalariga start berildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiy voorujennыx sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa "Tropa razvedchika" v konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki" v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr "ArMI-2020"
Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika v konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr ArMI-2020  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
"ArMI–2021" Xalqaro armiya oʻyinlarida dunyoning 43 davlatidan 295 jamoa ishtirok etadi. Musobaqalar 22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadi.
TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Jizzax viloyati Forish harbiy togʻ poligonida 22 avgust kuni "ArMI–2021" harbiy oʻyinlari doirasida "Harbiy tibbiy estafeta" va "Dala oshxonasi" tanlovlariga start berildi. Bu haqda Oʻzbeksiton Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Voyennыe ucheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Infografika
Kuch birlikdadir: MOda harbiy oʻquv-mashqlar
Malum qilinishicha, "Harbiy tibbiy estafeta" musobaqasida 8 davlat qatnashadi. Bular Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Vyetnam, Myanma, Falastin, Tojikiston jamoalaridir. Shuningdek, "Dala oshxonasi" musobaqasida 5 davlat: Oʻzbekiston, Rossiya, Vyetnam, Belarus, Tojikiston vakillari ishtirok etadi.
Musobaqalar 22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadi.
Ushbu musobaqalarda oʻtgan yilgi oʻyinlarga 5 ta mamlakat mezbonlik qilib, 30 dan oshiq davlat ishtirok etgan boʻlsa, bu yil "ArMI–2021" Xalqaro armiya oʻyinlarida dunyoning 43 davlatidan 295 jamoa ishtirok etyapdi.
Oʻyinlar esa 11 davlat hududida oʻtkazilmoqda.
Bundan avvalgi musobaqalarda Oʻzbekiston harbiylari uchinchi oʻrinni egallagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala