Made in Uzbekistan: Moskvada yirik ko‘rgazma tashkil etiladi

© SputnikVistavka "Vostochniy bazar Tubiteyka"
Vistavka Vostochniy bazar Tubiteyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
“Made in Uzbekistan” o‘zbek mahsulotlarining oldin o‘tkazilgan ko‘rgazmalaridan ham yirik bo‘lgan sanoat ko‘rgazmasini tashkil etishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskvada “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etilishini muhokama qildi.
Ta’kidlanishicha, bu o‘zbek mahsulotlarining oldin o‘tkazilgan ko‘rgazmalaridan ham yirik bo‘lgan sanoat ko‘rgazmasi bo‘ladi.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik dasturiga kiritilgan va umumiy qiymati 5,8 mlrd dollarni tashkil etuvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Avvalroq O‘zbekiston Moskvadagi VDNX milliy pavilonida ko‘rgazmalarini tayyorlayotgani xabar qilingan edi.
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi. Pavilon O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berilgan.
Yangiliklar lentasi
0