Siyosat

Oʻzbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal uchastiye v sammite ODKB
Prezident Uzbekistana prinyal uchastiye v sammite ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Sessiyada qoʻshni Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda mintaqadagi barqarorlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti 23 avgust kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Afgʻonistondagi vaziyatga bagʻishlab videoanjuman shaklida oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.
Tojikiston pprezidenti Emomali Rahmon raisligida oʻtgan yigʻilishda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz prezidenti Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.
Tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Sessiyada qoʻshni Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda mintaqadagi barqarorlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Oʻzbekiston prezidenti uchrashuv ishtirokchilarini mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, shu jumladan Afgʻoniston bilan Davlat chegarasini ishonchli qoʻriqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qildi.
Oʻzbekiston yetakchisi mintaqa davlatlarining aloqador tuzilmalari bilan Afgʻoniston borasida samarali hamkorlik va tezkor axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Sammit yakunida mintaqadagi vaziyat yuzasidan oʻzaro maslahatlashuvlar va muntazam axborot almashishni davom ettirishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala