Siyosat

Putin Afgʻonistondan KXSHTga radikal islomchilar oʻtishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi

© Sputnik  / Fotobankka oʻtishTranslyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm
Translyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXSHTga radikal islom kirib kelishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasligini aytdi
TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afgʻonistondan KXSHT mamlakatlari hududiga radikal islom kirib kelishi va fuqarolar jangarilar safiga yollanishiga yoʻl qoʻymaslikni muhim, deb hisoblaydi. Bu haqda dushanba kuni oʻtkazilgan matbuot-anjumanida Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabar qilgan.
"Qayd etildiki, KXSHTga aʼzo davlatlar hududiga radikal islomizm kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik va mamlakatlarimiz fuqarolarining ekstremistlar safiga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va internet yordamida ham yollanishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Avvalgidek afgʻon narkotrafiki muammosi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan emas, shu bois, KXSHT liniyasi boʻyicha ham bu borada voqealar qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borish zarur", - degan Peskov.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev KXSHT sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi - Asadov
Afgʻonistondagi vaziyatga bagʻishlangan KXSHT kollektiv xavfsizlik kengashi dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida video-anjuman shaklida oʻtkazildi.
Afgʻonistondagi vaziyat toliblarning soʻnggi haftalarda yirik shaharlarga hujumlaridan keyin oʻtkir tus oldi. OAV va manbalar 15 avgust kuni isyonchilar barcha chegara oʻtish yoʻllarini nazorat qilishayotgani haqida xabar berdilar. Xuddi oʻsha kuni sal kechroq jangarilar Qobulga kirib bordi va prezident saroyini oʻz nazoratiga oldi.
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani "qirgʻinning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. Oʻtgan dushanbaga oʻtar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim afgʻonistonda urush tugaganini eʼlon qilgan edi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala