Putin Afg‘onistondan KXShTga radikal islomchilar o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

© Sputnik  / Mediabankka o‘tishTranslyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim
Translyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShTga radikal islom kirib kelishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistondan KXShT mamlakatlari hududiga radikal islom kirib kelishi va fuqarolar jangarilar safiga yollanishiga yo‘l qo‘ymaslikni muhim, deb hisoblaydi. Bu haqda dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabar qilgan.
"Qayd etildiki, KXShTga a’zo davlatlar hududiga radikal islomizm kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatlarimiz fuqarolarining ekstremistlar safiga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va internet yordamida ham yollanishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Avvalgidek afg‘on narkotrafiki muammosi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas, shu bois, KXShT liniyasi bo‘yicha ham bu borada voqealar qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borish zarur", - degan Peskov.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Mirziyoyev KXShT sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi - Asadov
Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida video-anjuman shaklida o‘tkazildi.
Afg‘onistondagi vaziyat toliblarning so‘nggi haftalarda yirik shaharlarga hujumlaridan keyin o‘tkir tus oldi. OAV va manbalar 15-avgust kuni isonchilar barcha chegara o‘tish yo‘llarini nazorat qilishayotgani haqida xabar berdilar. Xuddi o‘sha kuni sal kechroq jangarilar Qobulga kirib bordi va prezident saroyini o‘z nazoratiga oldi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. O‘tgan dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qilgan edi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
Yangiliklar lentasi
0