Hodisalar

Qarshidagi qamoqxonada 19 yoshli yigit lezviye bilan oʻz badanini tilib tashlagani aytilmoqda

© Sputnik / Aleksey FilippovAvtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx
Avtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Sal avval mahalliy saytlarda Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit oʻz joniga qasd qilgani, holat yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qoʻzgʻatganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Qarshidagi manzil-koloniyadagi mahkumlardan biri soqol olish uchun moʻljallangan olmos boʻlagi (lezviye) bilan qornini va qoʻllarini 3-4 marta tilgan.
Bu haqda bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Sal avval mahalliy saytlarda Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit oʻz joniga qasd qilgani, holat yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qoʻzgʻatganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bosh prokuraturaning rasmiy axborotida aytilishicha, "Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo oʻtayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat doʻkonidan chiqib, choʻntagida boʻlgan soqol olish uchun moʻljallangan olmos boʻlagi (lezviye) bilan qornini va qoʻllarini 3-4 marotaba tilgan. Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, mahkumda yengil tan jarohatlari aniqlangan".
Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qoʻzgʻatganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqidagi maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deyiladi BP xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala