Analitika

Rossiya bilan hamkorlikda qanday istiqbolli innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFilial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Innovatsiyalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi oʻrtasidagi kelishuv mavjud.
TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Innovatsion loyihalar Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Bu borada doimiy ravishda kelishuvlar, memorandumlar, shartnomalar imzolanadi. Sputnik muxbiri ular amalda qanday samara berayotgani bilan qiziqdi.
Ana shunday hujjatlardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi oʻrtasidagi kelishuvdir, deyiladi vazirlik axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarda.
Predsedatel fonda Skolkovo Arkadiy Dvorkovich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
“Skolkovo” Oʻzbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qoʻshmoqda
Unga koʻra, startap loyihalar boʻyicha qoʻshma tanlov oʻtkazilib, 30 ga yaqin ishtirokchi orasidan 3 nafar gʻolib tanlab olingan. Har biri 1 milliard soʻmdan moliyalashtirilgan ushbu loyihalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda va amaliyotga joriy etishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
“Rossiya bilan hamkorlikda roʻyobga chiqarayotgan loyihamiz Germaniy-68 radionuklidini, undan esa oʻz navbatida, Galiy-68 nuklidini olishga qaratilgan, - deydi Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari nomzodi, qoʻshma startap loyihasi muallifi Saidahmad Xoʻjayev. – Galiy-68 yadroviy tibbiyotda qoʻllaniladi. U maʼlum bir birikmaga qoʻshilib inson organizmiga yuboriladi va tomografiya jarayonida kerakli aʼzoning keng hajmli koʻrinishini aks ettiradi”.
Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, Galiy-68 ga talab har doim yuqori boʻlgan. Shu paytgacha u Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmagan, respublika tadqiqotchilari bu mavzuda ilmiy maqolalar yozish bilan cheklanishgan, xolos.
© Foto predostavleno Saidaxmadom XodjayevыmV protsesse rabotы proyektov
V protsesse rabotы proyektov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse rabotы proyektov
Amalga oshirilayotgan qoʻshma loyiha doirasida rossiyalik hamkorlar nurlantirilgan xom ashyoni yetkazib berishadi, oʻzbek olimlari esa undan kerakli mahsulotni olishmoqda.
“Dastlabki xomaki mahsulotni kelgusi yilning birinchi choragida olishni moʻljallayapmiz, ishlab chiqarish esa 2023 yilning iyuniga qadar yoʻlga qoʻyiladi”, - Xoʻjayev.
Innovatsion sohadagi hamkorlik haqida soʻz borganda, “Skolkovo” innovatsion markazi va “Innopolis” universiteti bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni ham qayd etib oʻtish mumkin.
“Bizning loyihalarimiz sanoat sohasida salmoqli ahamiyatga ega. Shulardan biri – tarkibida nikel boʻlgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratyapmiz”, - deydi “Global Texno Met” korxonasi texnik direktori Viktor Dubov.
Uning soʻzlariga koʻra, bugunga qadar Oʻzbekistonda ushbu jarayon gidrometallurgiya usulida amalga oshirilgan. Bu sanoat chiqindilari tarkibida 7,5 foizdan koʻproq nikel boʻlishini taqozo etadi. Ustiga-ustak, katta miqdorda kimyoviy reagentlar sarflanadi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihada esa bu koʻrsatkich bor-yoʻgʻi 1,05 foiz boʻlsa ham, kifoya. Texnologiyani avtomatlashtirish va dasturiy taʼminot rossiyalik mutaxassislar zimmasida.
© Foto predostavleno Viktorom DubovыmV protsesse rabotы proyektov
V protsesse rabotы proyektov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse rabotы proyektov
Rejaga koʻra, loyiha 2023 yilning birinchi yarmida yakunlanishi lozim. Pirovardida, shu paytgacha past rentabelli deb hisoblab kelingan qayta ishlash jarayonlari yoʻlga qoʻyiladi. Yuqori tozalikka ega nikeldan turli hamjmdagi quvurlar, plastinalar, katalizatorlarni ishlab chiqarish boshlanadi.
© Foto predostavleno Viktorom DubovыmV protsesse rabotы proyektov
V protsesse rabotы proyektov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse rabotы proyektov
Shu yilning iyul oyi avvalida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk ishtirokida videomuloqot boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida yagona ilmiy-tadqiqot va taʼlim infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar gen texnologiyalarini qoʻllagan holda, yuqori samarali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoat biotexnologiyalari, tibbiyot, xususan, yadro tibbiyoti texnologiyalari, robototexnika, sunʼiy intellekt sohalarini rivojlatirish, madaniy obʼyektlarni oʻrganishda yadro-fizika usullarini qoʻlash, taʼlim yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Dvorkovich i Abduraxmonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2019
Iqtisod
Oʻzbekiston “Skolkovo”da oʻzining startaplari qoʻllab-quvvatlanishiga umid qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala