Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza.
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina 24-avgust kuni Mustaqilligining 30-yilligini keng nishonlaydi. 1991-yil shu kuni mamlakat mustaqilligi e’lon qilingan edi.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z maqolasida ukrain mustaqilligi aholini jipslashtirish maqsadiga ega bo‘lmaganini ta’kidlagandi. Bu elitaning “kichik hovuzda katta baliq” bo‘lish uchun Rossiyadan ajralishga urinishi edi. Buning uchun “Ukraina – Rossiya emas” sun’iy konsepsiyasi o‘ylab chiqarilgan edi.
Rossiyaga hamma narsada qarshi chiqqan Kiyev qanday qilib G‘arb qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylandi va Yevropa Ittifoqi bilan ittifoqchilik Ukrainaga nima keltirdi – batafsil Sputnik maqolasida.

Yevropa oyog‘i ostida

Ukraina davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyada shunday bob bor, unda mamlakat “ kelajakda harbiy bloklarda qatnashmaydigan doimo neytral davlat bo‘ladigan niyatini e’lon qiladi” degan so‘zlar yozilgan. Bu qoida ishlamayapti, deydi RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va mediabiznes departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan.
“Ukrainlar o‘zini G‘arbning bir qismi sifatida ko‘rishadi. Biroq ular G‘arbning hech qanday bir qismi emas va hech qachon bo‘lishmaydi, shu bois ularni Yevropa ittifoqi va, ehtimol, NATO dahlizidan uzoqroq tutib turishadi”, - deb hisoblaydi siyosatshunos.
Situatsiya v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari
“AntiRossiya” konsepsiyasi doirasida Kiyev NATO bilan yaqinlashish sari ishonchli qadam tashladi: 1997-yil 9-iyulda NATO va Ukraina “Alohida hamkorlik to‘g‘risidagi xartiya”ni imzoladi. 2005-2006 yildan buyon har yili Ukraina NATOning besh-olti harbiy mashg‘ulotlarida, asosan, Qora dengizdagi mashg‘ulotlarda qatnashib keladi. Ulardan oxirgi Dive-2021 5-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

Kiyevning YeI sari harakatlanishi

Potr Poroshenko davrida Oliy Rada qarori bilan Ukraina konstitutsiyasiga uni Yevropa va Yevroatlantik yo‘nalishi sari borishini belgilaydigan qoidalar kiritilgan – ya’ni mamlakatning YeI va NATOga qo‘shilishi. Agar 2013-yilgacha Ukraina mustaqilligi ko‘rinishini saqlagan bo‘lsa, “Yevromaydan”dan so‘ng ukrain davlatining qo‘g‘irchoqlik fe’l-atvori ayon bo‘ldi.
“Maydan” arafasida Ukrainada muammolar to‘plami mavjud edi. Viktor Yanukovich kuchlarning ikki markazlari o‘rtasida ustalik bilan chap berishga urindi va bunda yutib chiqishiga umid qildi, deb tushuntiradi Integratsiya istiqbollarini o‘rganish markazi direktori Sergey Rekeda.
Jiteli Xarkova na odnom iz izbiratelnix uchastkov goroda vo vremya golosovaniya na prezidentskix viborax na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
“Yanukovich Brussel bilan faol muloqot olib bordi. Brussel esa aynan jalb qilish taktikasini amalga oshirardi. Keyin buni Belarus bilan ham qilishni boshlashdi. Jalb qilish taktikasi – bu Ukraina ustidan nazoratni rejimni o‘zgartirish orqali emas, balki amaldagi rejimni YeIga bo‘ysundirish bilan olishga urinish demakdir”, - dedi Sputnik suhbatdoshi.
Bu taktika Brusselning islohotlarga oid Kiyevga qo‘ygan talablari bo‘lgan “Fule ro‘yxati” voqeasida yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Brussel Kiyevga rad javobini bermadi. Bitim ostidagi imzo Brussel uchun Kiyevning asta-sekin YeI tomon og‘ishini anglatardi. Yanukovich ham umuman olganda hech qanday islohotlar o‘tkazmaslikdan manfaatdor edi”, - deya tushuntiradi Rekeda.
Ammo jalb qilish taktikasi Yanukovich Rossiya tomonidan moliyaviy yordamni olishga rozilik berishi bilan o‘zgardi. Hukumat tepasiga g‘arbiy markaziy kuchga sodiq bo‘lgan siyosatchilar keltirildi.
Krimskiy poluostrov na karte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap

Keng ko‘lamli manipulyatsiya

Ukrainlar tomonidan shunchalik kutilgan (go‘yoki) Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ittifoqchilik to‘g‘risidagi bitim faqat 2017-yilda kuchga kirdi, “maydan”dan to‘rt yil o‘tib.
Yanukovich davrida ittifoqlik to‘g‘risidagi bitimga hujjat mamlakat korxonalarini bankrotlikka olib kelishini tushungan ukrain ishbilarmonlari, sanoatchilari qarshi chiqqan, deydi Mirzayan.
“Bitimning mazmuni shunda ediki, Ukraina evaziga Yevropa bozorida kichik ulushni olib, barcha yevropa tovarlari uchun to‘liq ochiladi. Pul bo‘lmagan jiddiy sertifikatsion yangilanishlardan so‘ng. O‘shanda Yanukovich uni qayta ko‘rib chiqmagunlarida bitimni imzolashdan vaqtinchalik bosh tortdi”, - deydi siyosatshunos.
Rekeda ittifoqchilik to‘g‘risidagi bitim siyosiy maqsadlarda imzolanganini aytib, iqtisodiy samaraga ega bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Ukraina uchun YeI bilan erkin savdo zonasidagi cheklangan jiddiy kvota bor edi. Ukrain ishlab chiqaruvchilari YeI mamlakatlariga cheklangan miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin edi, xolos.
Ukrainskie natsionalisti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi
Hujjatning ikkinchi muhim jihati bu vizasiz rejim edi.
“Vizasiz rejim ulkan manipulyatsiya ekan, chunki ukrainlarning YeI ichida ishlashlariga ruxsat berilmagan, YeI bo‘ylab turistik maqsadlarda harakatlanishni nazarda tutardi, xolos”, - deydi Rekeda.
Ukrainlar qo‘lga kiritgan yagona imkoniyat bu ularning YeI hududiga sayyoh sifatida erkin kirish va keyinchalik Yevropada noqonuniy ishlashdir.
“Bu ittifoqchilikning Ukrainaga bergan bor narsasi bu – ruhiy huquq. Ya’ni ular mutlaqo amalda hech qanday mustahkamlanmagan ishlar bilan Yevropa Ittifoqiga yaqin bo‘lishdi”, - deya qayd etadi Rekeda.
Ekspert taqqoslash uchun Armanistonni misol keltiradi. 2013-yilda Yerevan ham YeI bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi muzokaralar olib bordi, natijada 2013-yil sentabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini e’lon qildi. YeOIIga qo‘shilgandan keyin Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik to‘g‘risida chuqurlashtirilgan bitim imzoladi.

Qaytmaslik nuqtasi

YeI bilan ittifoqchilik Ukrainaga siyosiy va kredit qaramligidan boshqa narsa keltirmadi. Boz ustiga, Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga harakat qilib, Xalqaro valyuta jamg‘armasining tobeligiga to‘liq tushib qoldi.
Protestnie aksii v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida
Joriy yil avgustida Zelenskiy ofisi 2020-yil iyunida tasdiqlangan Stand by loyihasi doirasida XVJ mamlakatga galdagi 2,7 milliard dollar miqdordagi transhni go‘yoki “beg‘araz va qo‘shimcha shartlarsiz” taqdim etishga tayyorligini e’lon qildi. Ammo bu transh XVJning pandemiyadan keyingi rivojlanishi uchun barcha mamlakatlarga ko‘rsatadigan yordamining bir qismidir. Ukraina uni olishda hech qanday ustuvorliklarga ega emas.
Ustiga ustak, birinchi transhni muvofiqlashtirishda 2020-yil 10-iyun kuni Kiyev YeI va XVJ talabi bilan quyidalarni bajardi: qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni sotishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi; XVJga de-fakto Ukraina Milliy banki ustidan nazoratni berdi va hatto uni qisman Ukrainaning huquqiy maydonidan chiqardi; mamlakatdan mablag‘larni chiqarish uchun to‘siqlarni olib tashlab, xalqaro moliyaviy spekulyantlar va transmilliy kompaniyalar foydasiga jiddiy soliq yengilliklarini berdi.
“Rossiya va G‘arb munosabatlari hozirgi holatda bo‘larkan, yoki tanazzulga yuz tutadi, Ukrainada hech qanday ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermaydi. Iqtisod qulashda davom etadi, aholi turmushi minimalligicha qoladi va boylar va qashshoqlar o‘rtasidagi tabaqaga ajralish davom etadi”, - deya taxmin qiladi Rekeda.
Ukraina – bu Rossiya va g‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarining mutloq proyeksiyasi, deydi ekspert. Hozirgi xalqaro vaziyatda Kiyev va Moskva munosabatlarining qayta jonlanishining imkoni yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain inqirozi “busiz ham yomonlashgan Rossiya va G‘arbning” natijasi bo‘lgan.
Sputnik suhbatdoshi hatto G‘arb o‘z muammolari keskinlashishi sabab Kiyevni faol dastaklashdan voz kechsada, Kiyev baribir Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmaydi deb taxmin qiladi.
“Ukraina holatida qaytmaslik nuqtasidan o‘tib bo‘lingan. U hech bo‘lmaganda qariyb o‘n yil davomida rusofob kayfiyatlari kuzatilayotgani sabab avtomatik ravishda Rossiyaga diqqatini qaytadan jalb qilolmaydi. Rossiyani qardosh davlat deb bilmaydigan, biz turli qadriyatlarga ega bo‘lgan boshqa-boshqa xalqmiz deb hisoblaydigan, Ukraina boshdan kechirayotgan barcha muammolar sababchisi biz deb hisoblaydigan ukrain avlodi bor”, - deya tushuntiradi Rekeda.
Yangiliklar lentasi
0