Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Afgʻoniston Markaziy bankining yangi rahbarini tayinlashdi

© AP Photo / Rahmat GulAfganskiy voyennыy
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Toliblar Muhammad Idrisni Afgʻoniston Markaziy bankining yangi rahbarini tayinlashdi, deb xabar qilmoqda OAV
TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Toliblar Afgʻoniston Markaziy banki "Da Afganistan bank" (DAB)ning yangi rahbar vazifasini bajaruvchisini tayinlashdi. Bu tayinlov bankning oldingi boshqaruvchisi Ajmal Axmadiy xavfsizlik nuqtai-nazaridan mamlakatni tark etganidan soʻng amalga oshirildi, deb xabar bermoqda afgʻon Pajhwok agentligi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bankni Muhammad Idris boshqaradi. Ilgariroq u "Tolibon"*ning iqtisodiy masalalar boʻyicha komissiyasiga rahbarlik qilgan.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar prezident Gʻanini taʼqib qilmaslikka vaʼda berishmoqda
Xabarda aytilishicha, Idris DAB boshqaruvchisi v.b. etib "davlat muassasalari faoliyatini tashkilashtirish, bank masalalari hamda aholining boshqa masalalariga yechim topish maqsadida" tayinlangan.
Avgust oyining oʻrtalarida Axmadiy mamlakatni "ehtiyot chorasi" tariqasida tark etgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, afgʻon hukumati juda tez quladi. Axmadiy prezident Ashraf Gʻanini u oʻtish davri rejasini tayyorlamagani uchun "kechira olmasligini" aytgan edi.
AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqarilgach, "Tolibon"* harakati jangarilari mamlakat hududini bosib olishni boshladilar va 15 avgust kuni Qobulga kirib keldilar.
Respublika prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solix oʻzini vaqtinchalik davlat rahbari deb eʼlon qildi va afgʻon poytaxti shimolidagi hududlarda toliblarga qarshi harakatlarni tashkillashtirdi.
Sal avval "Tolibon"* harakatining yuzlab aʼzolari oʻzlarining nazoratida boʻlmagan Panjsherga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrishayotgani haqida xabar bergan edik.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala