Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar bemaza tushlik tufayli yosh ayolni tiriklay yoqib yuborishdi

© AP Photo / Rahmat GulBoyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Taniqli huquq himoyachisi soʻzlariga koʻra, jangarilar afgʻon ayollariga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllashda davom etishmoqda
TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiyada taʼqiqlangan "Tolibon" radikal harakati tarafdorlari Afgʻoniston shimolida yosh ayolni tiriklay yoqib yuborishdi. Ularning bu harakatiga ayol tushlikni bemaza tayyorlagani sabab boʻlgan.
Bu haqda huquq himoyachisi, sobiq sudya Najla Ayubi xabar bergan. Ayol soʻzlaridan The New York Post iqtibos keltirgan.
Ayubining soʻzlariga koʻra, yosh ayolni jangarilar uchun ovqat tayyorlashga majburlashgan, ammo ularga yosh beka tomonidan tayyorlangan taom manzur kelmagan.
Radikallar ayolga "seni ovqating yomon chiqdi", deb aytib, soʻngra uni oʻldirishgan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Huquq himoyachisining soʻzlariga koʻra, bu toliblar yosh afgʻon ayollariga nisbatan sodir etilayotgan birinchi zoʻravonlik holati emas. Ayubining taʼkidiga koʻra, radikallar yosh ayollarni qullikka olib, yopiq tobutlarda Afgʻoniston bilan qoʻshni davlatlarga yuborishadi.
Sal avval bunday holatlar haqida oʻz manbalariga tayangan holda Daily Mail xabar bergan edi. Nashr taʼkidiga koʻra, jangarilar bosib olingan hududlar oqsoqollaridan oʻz askarlariga majburlar xotin qilib berish maqsadida ayollar va qizlar roʻyxatini talab qilishgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar davlat bayrogʻini qoʻllab-quvvatlagan namoyishchilarni oʻqqa tutdi
Gap avvalo 15 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan ayollar haqida borgan. Ammo hozirda 12 yoshli bolalar ham qullikka olinayotgani haqida xabarlar tarqamoqda.
Toliblarning rasmiy bayonotlari esa bu singari xabarlarni rad etmoqda. Harakat vakillari ayollar huquqlariga rioya etishlarini, biroq bu shariat normalari doirasida boʻlajagini taʼkidlashmoqda. Radikallar qizlarga OAVda faoliyat yuritishga ruxsat berishdi hamda ayollarni Afgʻonistonning kelajakda shakllantiriladigan hukumatiga ishga taklif qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala