Toliblar bemaza tushlik tufayli yosh ayolni tiriklay yoqib yuborishdi

© AP Photo / Rahmat GulBoyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Taniqli huquq himoyachisi so‘zlariga ko‘ra, jangarilar afg‘on ayollariga nisbatan zo‘ravonlikni qo‘llashda davom etishmoqda
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiyada ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati tarafdorlari Afg‘oniston shimolida yosh ayolni tiriklay yoqib yuborishdi. Ularning bu harakatiga ayol tushlikni bemaza tayyorlagani sabab bo‘lgan.
Bu haqda huquq himoyachisi, sobiq sudya Najla Ayubi xabar bergan. Ayol so‘zlaridan The New York Post iqtibos keltirgan.
Ayubining so‘zlariga ko‘ra, yosh ayolni jangarilar uchun ovqat tayyorlashga majburlashgan, ammo ularga yosh beka tomonidan tayyorlangan taom manzur kelmagan.
Radikallar ayolga "seni ovqating yomon chiqdi", deb aytib, so‘ngra uni o‘ldirishgan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, bu toliblar yosh afg‘on ayollariga nisbatan sodir etilayotgan birinchi zo‘ravonlik holati emas. Ayubining ta’kidiga ko‘ra, radikallar yosh ayollarni qullikka olib, yopiq tobutlarda Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlarga yuborishadi.
Sal avval bunday holatlar haqida o‘z manbalariga tayangan holda Daily Mail xabar bergan edi. Nashr ta’kidiga ko‘ra, jangarilar bosib olingan hududlar oqsoqollaridan o‘z askarlariga majburlar xotin qilib berish maqsadida ayollar va qizlar ro‘yxatini talab qilishgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshena v Rossii) v Kabule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Toliblar davlat bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilarni o‘qqa tutdi
Gap avvalo 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar haqida borgan. Ammo hozirda 12 yoshli bolalar ham qullikka olinayotgani haqida xabarlar tarqamoqda.
Toliblarning rasmiy bayonotlari esa bu singari xabarlarni rad etmoqda. Harakat vakillari ayollar huquqlariga rioya etishlarini, biroq bu shariat normalari doirasida bo‘lajagini ta’kidlashmoqda. Radikallar qizlarga OAVda faoliyat yuritishga ruxsat berishdi hamda ayollarni Afg‘onistonning kelajakda shakllantiriladigan hukumatiga ishga taklif qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0